G`ofur Rahimov O`zbekistondagi ilk STEAM fanlarga ixtisoslashgan davlat maktabini qurib berdi.
Bugun mazkur — Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani, Yilqichi MFY, Gulsaroy ko`chasida joylashgan 45 maktabning ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
Maktab ochilishida «G`ofur boyvachcha» ham qatnashmoqda.
Maktab binosi homiy G`ofur Rahimovning mablag`lari evaziga qad rostlagan. Shunigdek, maktabning ochilish marosimida Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov, jamoatchilik arboblari, el orasidagi taniqli bo`lgan shaxslar ham ishtirok etmoqda. Ular maktab hovlisiga daraxt ko`chatlarini o`tqazishdi.