Prezident kirib ko`rgan xonadon esa shu ko`pqavatli uyni qurgan quruvchining o`ziniki ekan
Mamlakat rahbari tashrif buyurgan ko`pqavatli uy bugun abgor ahvolda qolmoqda.
Bunyodkorliklarni OAV yoritadi, Prezident uni qurganlarga ishonch bildiradi, xalq esa xursand bo`ladi. Ammo ayrim hollarda ana shu ishonch o`ladi, “Mendan ketguncha, egasiga etguncha” qilinadigan ishlar afsuski, kamaymayapti. Hatto ayrim rahbar va mas`ullarning Prezidentni aldashgacha jur`ati etayapti.
2020 yilda Xorazm viloyatining Urganch shahrida Prezidentga og`iz ko`pirtirib maqtalgan uylar atrofidan bugun kanalizasiya hidi anqib turibdi, bolalar o`yin maydonchasini shag`al va tuproq bosgan. Ko`chani yorituvchi chiroqlar o`rnatilmagan.
Prezidentga qop-qop va`dalarni bergan mas`ullar bugun ko`p qavatli uyning aholisini o`ta qiyin ahvolda qoldirgan.
Biz reportajda hikoya qilayotgan bu Urganch shahrining Honqa ko`chasida joylashgan 9 qavatli uyning lifti ham bir sutkada 2 soat ishlaydi.
Urganch shahar matbuot kotibining bildirishicha, hammasi joyida, ammo aholining murojaat qilishicha, Prezident tashrifida aytilgan va`dalarning o`ndan biri ham amalga oshirilmagan.
To`liq tafsilotlar bilan quyidagi videoreportajda tanishasiz.