Sog`liqni saqlash vaziri koronavirusga qarshi vaksina olmadimi?

25.08.2021 08:49

Butun boshli sog`liqni saqlash sohasi rahbari bo`lgan Abduhakim Xadjibaev nimaga haligacha vaksina olmagan? Agar olganida bu jarayon OAV orqali ko`z-ko`z qilinib reklamam qilinmasmidi, nima uchun rasmiy e`lon qilinmadi?

Rost24.uz axborot sayti mana shu masalani ochiqlash uchun vazirlik matbuot xizmatiga savol bilan yuzlandi. Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, vazir Abduhakim Xadjibaev bundan 2 oy oldin o`zbek-xitoy (ZF-UZ-VAK-2001), vaksinasi bilan emlanganini aytib o`tishdi. Biz buni “piar” reklama qilishni xohlamadik, deya ma`lum qildi bizga bergan javobida. Shuningdek, Sog`liqni saqlash vazirining birinchi o`rinbosari Inoyatov Amrillo “Sputnik V”, vazir o`rinbosari Basitxanova Elmira “Moderna”, vazir o`rinbosari Ulug`bek Sabirov “o`zbek-xitoy” vaksinalarini olganliklarini matbuot xizmati rahbari Furqat Sanaev ta`kidladi.

Lekin mana shu vazirlik tarkibidagi bir necha vazir o`rinbosarlari vaksina bilan emlanganligi to`g`risida rasmiy ma`lumotlar OAVda e`lon qilingan. Masalan, vazir o`rinbosari — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i Bahodir Yusupaliev 3 may kuni koronavirus infeksiyasiga qarshi ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi bilan emlangan. Vazir o`rinbosari Abdulla Azizov 8 iyun kuni “Sputnik V” vaksinasining ikkinchi dozasini olgan. Vazir o`rinbosari — Toshkent shahar Sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig`i Anvar Alimov 26 iyun kuni koronavirus infeksiyasiga qarshi ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi bilan emlangan.

Sog`liqni saqlash vazirligi 26 iyun kuni “Men vaksina oldim” aksiyasi boshlanganini e`lon qilgan edi. Aksiya doirasida vazirlik matbuot xizmati deyarli har kuni vaksina olgan yuqori martabali o`zbekistonliklar haqida axborot berib kelishgan. Ular orasida katta tibbiyot muassasalari rahbarlaridan tortib, viloyat hokimi-yu, vazirlargacha bor. Mana shunday tadbirni o`tkazayotgan vazirlikning vaziri nimaga vaksina olganini rasman e`lon qilmadi? Axir odamlarda ishonch yanayam oshmasmidi…

Ma`lumot o`rnida, hozirgi vaqtgacha juda ko`plab amaldorlar vaksina olganini e`lon qildi. Senat raisi Tanzila Norboeva, Bosh vazir Abdulla Aripov, Bosh vazir o`rinbosari Behzod Musaev, Innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, Maktabgacha ta`lim vaziri Agrippina Shin, Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Abduqodir Toshqulov, O`zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev, Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov, “Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirov kabi hukumat vakillari shular jumlasidandir.

Eng muhimi esa Prezident Shavkat Mirziyoev koronavirusga qarshi to`liq emlanganini 2 avgust kuni bo`lib o`tgan brifingda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma`lum qilgan edi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
26.08.2021 12:30
Boshqa raxbararni xam aslida olganmi yo'qmi xudo biladi
25.08.2021 15:55
Fikrimcha, bu xabarlarning birortasiga ishonib bo'lmaydi.
25.08.2021 15:32
Бу Инсон ишлари узи реклама
25.08.2021 14:59
Nima, kimlardir o'zini reklama qilishni, ko'z-ko'z qilishni yoqtirsa, SSV vaziri reklamaga muhtoj emas