Toshkentda bir kechada mashinasida sovuq qurol olib yurgan 22 nafar haydovchi ushlandi

24.08.2021 14:18

Toshkent shahrida yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi, yo`l patrul xizmatining Rost24.uz axborot saytiga bergan ma`lumotga ko`ra, o`tkazilgan «Tun» reydida haydovchilar tomonidan sodir etilgan 931 ta qoidabuzarlik aniqlangan.

Unga ko`ra,  114 ta holatda avtomobilni tegishli hujjatlarsiz boshqarish, 44 ta holatda qizil chiroqqa bo`ysunmaslik, 21 ta holatda mast holda ulovga o`tirish kabi qoidabuzarliklarga ma`muriy bayonnomalar tuzilgan. Shuningdek, 168 ta avtomobil jarima maydoniga joylashtirilgan.

Bundan tashqari 22 ta holatda avtomobilda o`tkir tig`li pichoq, bita va boshqa taqiqlangan jismlarni olib yurish holati kuzatilgan. Soha xodimlari tomonidan bir kechada o`tkazilgan reydda aniqlangan umumiy qoidabuzarliklar soni 931 ta bo`lib, ularning 266 tasi qo`pol qoidabuzarliklar hisoblanadi.

Mazkur tungi reyd Ichki ishlar bosh boshqarmasi, yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo`l patrul xizmati brigadasidan “Tun” avtoekipajlari hamda YPX maskanlari, blok va to`siq postlarga xizmatga jalb etilgan xodimlar tomonidan 22 avgust kuni o`tkazilgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
25.08.2021 14:34
Минг афсуски, улар мана шунака шилталарни хам химоя килишади
24.08.2021 21:04
Nima balo, bular urushga tayyorlanishyaptimi? Qo'rqmanglar, Prezidentimiz bor, Armiyamiz bor, erksevar Xalqimiz bor.