Toshkent viloyatida hokimlik Prezident farmoni bilan nayrang ishlatib, 15 ming aholini maktabsiz qoldirmoqda

18.08.2021 14:57

Bosh prokuratura noqonuniy deb topgan qaror bekor qilinmadi, hokimga chora ko`rilmadi. Nima uchun?

Er bo`yicha eng ko`p noqonuniy qarorlar Toshkent viloyati hokimliklaridan chiqarilmoqda. Eng ko`p korrupsiya holati aniqlangan hududlar reytingida Toshkent viloyati “faxrli” 3-o`rinni egallab keladi.

Agar viloyat mutasaddilari ish tutumi shunday davom etaversa, demak bu borada viloyat eng oldi o`rinlarni egallab turaveradi.

Prezident farmonini pesh qilib, er bo`yicha noqonuniy qaror chiqargan Zangiota tuman hokimiga nega chora ko`rilmadi? Toshkent viloyati hokimligi esa bu muammoga ko`z yumib kelmoqda...

Yillar davomida Nazarbek qishloq fuqarolar yig`ini hududidagi 5 ta mahallaning 15 ming nafar aholisi maktab va bog`chasiz qiynaladi. Bolalar katta trassa va xavfli yo`llardan o`tib uzoq yo`llardan maktabga qatnashga majbur bo`lmoqda. Afsuski, maktab o`quvchilari orasida baxtsiz hodisalar ham sodir bo`lgan. Ammo, Toshkent viloyati va Zangiota tumani hokimlari aholining maktab va bog`cha so`rab qilayotgan murojaatlarini inobatga olayotgani yo`q.

Tuman hokimining nayrangimi bu?

Zangiota tumani, Nazarbek QFY, “Forobiy” mahallasida Prezidentning "Besh tashabbus" loyihasi asosida tadbirkorga kutubxona va maktab qurish uchun ajratib berilgan erga zamonaviy turar joylar qurilmoqda. Zangiota tuman hokimligining Prezident farmoni bilan ishlatgan nayrangi bu ishlarni go`yoki qonunan bajarilishiga yo`l ochib bergan.

Respublika prokuraturasi javobiga ko`ra noqonuniy qaror chiqargan Zangiota tumani hokimi 15 ming nafar aholini maktab va bog`chasiz qoldirgan. Nazarbek hududiga kiruvchi 4 ta mahalla – Forobiy, Nazarbek, Qirguzar va Ahilobod, qo`shni Nayman MFYda jami 15000 nafardan ziyod aholi yashaydi, shundan 2876 nafari maktab o`quvchilari, 2374 nafari esa 7 yoshgacha bolalar, 1101 nafar bog`cha yoshidagi bolalarni tashkil etadi. Ular hozirgacha maktab va bog`chasiz yashab kelmoqda.

Hududdagi yagona bo`sh qolgan va sobiq ittifoq davridayoq maktab uchun ajratilgan er Zangiota tuman hokimligi tomonidan amaldagi qonunchilikka zid ravishda tadbirkor uchun zamonaviy turar joylar qurish uchun ajratib berilgan.

Eng qizig`i tuman hokimining qarori O`zbekiston Bosh prokuraturasi va Zangiota tuman prokuraturasi tomonidan amaldagi qonunchilikka zid ekani ko`rsatilib, protest kiritilgan bo`lsa-da, tadbirkorlar qurilish ishlarini bemalol davom ettirmoqda.

Zangiota tuman hokimligi Prezidentning besh tashabbusga oid farmoni yuzasidan maktab, bog`cha, kutubxona qurish uchun tadbirkorga erni 0 qiymatda bergan. Bir hafta o`tib esa, tuman hokim er uchun chiqargan qarorini “zamonaviy turar joylar” qurish uchun ko`rinishida o`zgartiradi.

Oqibatda tadbirkor 2.21 ga. erning 90 foiz qismiga zamonaviy turar joy va 100 o`rinlik bog`cha va 200 o`rinlik maktab qurishni boshlab yuborgan. Maktab, bog`cha, kutubxona qurishni va`da berib erning asosiy qismiga zamonaviy turar joy qurayotgan tadbirkor ustidan norozi bo`lgan fuqarolar bugun dodini qaerga aytishni bilmay hayron.

Mahalla fuqarolari mazkur masala yuzasidan davlatimizdagi deyarli barcha instansiyalarga (prezident qabulxonasi, Toshkent viloyati hokimligi, Bosh prokuratura, qurilish vazirligi, adliya vazirligi, korrupsiyaga qarshi kurash agentligi) murojaat qilgan. Shunga qaramay muammo hal bo`lgan emas.

Ushbu masala yuzasidan rost24.uz sayti 2 oydan buyon Zangiota tuman hokimligiga murojaat qilib keladi. Bu orada erni noqonuniy o`zlashtirgan tadbirkorlar esa qurilish ishlarini boshlab yuborgan.

 

Eslatib o`tamiz,

Zangiota tuman hokimligi va Milliy gvardiya bolalarni aldadi”, 

Tadbirkorlar” tabiatning tabiiy o`zanlariga ham tahdid qilmoqda",

Qo`mita raisi va tuman hokimligini eplolmagan Davron Hidoyatov Toshkent viloyatida hokimlik qilmoqda” nomli maqolalar saytimizda e`lon qilingan edi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
20.09.2021 19:54
Butun respublika bo'yicha shu holat.
19.08.2021 20:05
Бешта изоҳ езилибди, нега кўринмайди, ёки Сизлар хам .......
19.08.2021 04:30
Nega endi faqat Toshkent viloyati? Bunaqa bogʻcha maktabi uzoq 1000 lab qishloqlar bor. Nega boshqalari yoʻq. Taxmin: 1. bu qishloq muxbirning oʻzining qishlogʻi. 2. Muxbirga iltimos boʻlgan. 3. .... 4....
18.08.2021 20:53
Axir maktab, bolalar bog'chasi, kutubxona masjidday muqaddas joyku, ha nonko'rlar, nonko'rlar-a.
18.08.2021 20:46
Буланинг хар кандай конунга куйиб куйгани бор, чунки "ош худо, нон пайгамбар".