2021 yilning 1 sentyabridan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshirildi
2021 yilning 1 sentyabridan boshlab O`zbekiston Respublikasi hududida:
mehnatga haq to`lashning eng kam miqdori – oyiga 822 000 so`m;
bazaviy hisoblashmiqdori – oyiga 270 000 so`m;
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 289 000 so`m;
yoshga doir eng kam pensiyalar – oyiga 565 000 so`m;
bolalikdan nogironligi bo`lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 622 000 so`m;
zarur ish stajiga ega bo`lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 440 000 so`m;
ish staji to`liq bo`lmagan chog`dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo`shimcha to`lovni hisobga olgan holda – oyiga 440 000 so`m;
belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 623 000 so`mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo`yicha pensiyalari miqdori – oyiga 623 000 so`m;
1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga etmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 2 750 000 so`m etib belgilandi;
boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 440 000 so`m etib belgilansin va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to`lanadi;
boquvchisini yo`qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 440 000 so`m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun 165 000 so`mdan qo`shilishi belgilandi.
Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalarning oshirilishi bilan bog`liq xarajatlar Davlat byudjeti va Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi mablag`lari hisobidan qoplanadi.
Ish beruvchilarga ish haqi miqdorlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to`lashning eng kam miqdoridan kam bo`lmagan holda to`lashni ta`minlab, ish haqi miqdorlarini mehnatga haq to`lashning eng kam miqdoriga muvofiq oshirish tavsiya etiladi.