«20 yil avval Afg`onistonga 11 sentyabr voqealarida aybdor bo`lgan «Al Qoida»ni yo`q qilishga, ular ortiq Afg`onistondan o`z harbiy bazasi sifatida foydalana olmasligi va AQSh hududida teraktlar qila olmasligiga erishish uchun kirgandik. Biz missiyani uddaladik. Hech qachon Afg`onistonga davlat qurib berishni haqida va`da bermaganmiz.
Amerikalik askarlar begonalar uchun urushda qatnashmasligi va o`lmasligi kerak. Axir afg`onlarning o`zlari o`z mamlakatlari uchun urushmayapti-ku, nega biz urushaylik? Biz shundog`am ularga keragidan ko`p narsa berdik.
Biz Afg`onistonga ko`mak uchun trillion dollar sarfladik, tasavvur qilyapsizmi? Ularning armiyasini moddiy texnik baza bilan ta`minladik, havo kuchlarini kuchaytirib berdik, lekin «Tolibon» havo kuchlariga ega bo`lmay turib mamlakatni oldi. Vaholanki, harbiy kuch borasida 2001 yildagi «Tolibon» kuchliroq edi. Kechirasiz, afg`onlarga kelajak uchun kurashish tuyg`usini taqdim eta olmaymiz.
Afg`onlarning o`zida «Tolibon»ga qarshi turish uchun xohish va imkon yo`q ekan Amerika ularning zaminida besh, o`n va yana yigirma yil qolishidan ham mantiq yo`q. Begona mamlakatni amerikalik askarlar yordamida qayta qurish mantiqsizlikdir. Bu mojaroda qatnashish bizning qiziqish doiramizda emas. Bu bizning xavfsizlik masalamiz ham emas. Rossiya va Xitoy kabi raqobatchilarimizga qolsa, biz Afg`onistonda butun umr qolib, milliardlab dollar pullarni sarflayveraysak.
Afg`onistondan chiqib ketish uchun qulay fursatni kutishdan ham foyda yo`q. 20 yil davomida ko`rdimki, bunday fursat hech qachon kelmaydi.
Afg`on hukumati «Tolibon» bilan muzokaralar olib borishi kerak edi. Ammo janob G`ani bunday qilmadi va afg`on askarlari kurashishini aytdi. Ko`rib turganingizdek, bunday bo`lib chiqmadi. Ha, biz amerikalik askarlar chiqib ketganidan keyin afg`on hukumati vaziyatni boy berishini kutgandik, lekin bunchalik tez emas.
Kelajakdagi afg`on hukumati bilan munosabatlarimiz ularning harakatlariga bog`liq bo`ladi. Hozirgi holatda bu «Tolibon» o`zini qanday tutishiga bog`liq. Agar ular birlamchi inson huquqlarini, ayollar va qizlarning huquqlarini ta`minlashsa, bunday hukumat bilan ishlay olamiz.
Men – AQShning 46-prezidenti Afg`oniston muammosini o`zimdan keyin keladigan prezidentga meros qoldirmoqchi emasman», dedi AQSh prezidenti.