Deputat Rasul Kusherboev bu kompaniya bilan ham xuddi shunday holat sodir bo`layotgani haqida ma`lum qildi
Kuni kecha Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining uzoq vaqt davom etgan harakatlari natijasida «BEELINE» kompaniyasi o`z abonentlaridan asossiz olgan 20 milliard so`m mablag`larni abonentlarga qaytarilishi ta`minlanibdi.
Bu olqishga sazovor ish albatta.
Afsuski bunday harakatlar so`nggi vaqtlarda "Mobi uz" kompaniyasi abonentlari bilan ham sodir bo`lmoqda.
Shaxsan o`zim gudok chaqiruvidan so`ng "ovozli xabar" qoldirish xizmatining avtomatik yoqilib, hisobimdan pul echib olinishidan norozi bo`lib kompaniyaga murojaat qildim. Chunki men bu xizmatdan foydalanishga buyurtma bermaganman, kompaniya ham taklif berib roziligimni olmagan. Bu abonentlarga nisbatan g`ayriqonuniy harakat.
Biroq kompaniya buni to`xtatish va asossiz olingan mablag`larni qaytarish bo`yicha murojaatimni hal qilmadi.
Shundan so`ng, fuqarolik pozisiyasi nuqtai nazaridan Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasiga murojaat qildim.
Umid qilamanki, bu masala ham tez kunlarda qonuniy hal etiladi. Mazkur masalada yana bir bor avvalo sohaga mas`ul nazorat idoralarini so`ng fuqarolarni befarq bo`lmaslikka, iste`molchi sifatidagi huquqlarini ro`yobga chiqarishda faol bo`lishlariga chaqirib qolaman.