O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Afg`oniston bilan davlat chegarasidagi vaziyat haqida bayonot berdi
Bayonotda joriy yilning 14 avgust sanasida davlat chegarasini Afg`oniston Qurolli Kuchlarining 84 nafar harbiy xizmatchilari guruhi kesib o`tgani qayd etildi. Chegarani buzib o`tganlar qarshilik ko`rsatmagan, 3 nafar yaradorga tibbiy yordam ko`rsatishni so`ragan.
Shuningdek, bayonotda, Afg`oniston fuqarolari bilan zarur filtrlash proseduralari va sanitariya -epidemiologiya tadbirlari o`tkazildi, ularning ayrimlariga tibbiy yordam ko`rsatildi, shuningdek, oziq-ovqat va ularning vaqtincha joylashishi tashkil etildi.
Shu bilan birga, Termiz-Hayroton ko`prigining Afg`oniston qismida Afg`oniston hukumat kuchlarining harbiy xizmatchilari to`plangani qayd etildi. Bu shaxslarga gumanitar yordam ko`rsatish choralari ko`rilmoqda.
O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg`oniston fuqarolarining vataniga qaytishi va Termiz-Hayraton ko`prigi hududidagi vaziyatni tartibga solish borasida Afg`oniston tomoni bilan muzokara olib bormoqda, deyiladi.
Bundan tashqari, 14-avgust davomida Termiz-Mozori-Sharif temir yo`l uchastkasining xizmat ko`rsatuvchi xodimlari orasidan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish tashkil etildi.
Ta`kidlash joizki, davlat chegarasini qo`riqlash va himoya qilish kuchaytirilgan rejimda olib borilmoqda, barcha zarur xavfsizlik choralari ko`rilgan. Termizda xavfsizlik idoralari rahbarlari va davlat hokimiyati organlari vakillaridan iborat tezkor shtab joylashtirilgan.