Saytimizda "Qashqadaryodagi qishloqda ayollar tug`ruqxonaga "Tez yordam" o`rniga eshakda tashib kelinmoqda" video materiali e`lon qilingan edi. Ko`pgina munosabat va muhokamalarga sabab bo`layotgan mazkur qishloq ahli tomondan dilni o`rtaydigan munosabatlardan yana birini tahrirsiz e`lon qilamiz.
"Bu qishloqning borligini hattoki Qashqadaryo viloyati hokimi ham bilmasa kerak. Tuman hokimi haqida gapirmasa ham bo`ladi uning borligidan yo`qligi yaxshi, foydasi tegmagan hokimdan kimga naf.
Bu qishloq haqida gapirsam bu qishloqqa boradigan yo`lning o`zi yo`q.
Agar o`sha yo`lni yo`l desak bu yo`ldan «eshak» yuradi xolos, ayrim yuk mashinalar yuradi. “Neva” mashinasi yurishi mumkin, agar yog`ingarchilik bo`lmasa, engil moshinalar yurolmaydi.
Shu yo`lni ham odamlar qo`l kuchi bilan har yili remont qiladi, pul yig`ishtirib qum to`kadi, yog`ingarchilik mavsumu keladi yana shu ahvol sel keladi hamma joyni buzib qumlarni oqizib ketadi.
Odamlar yo`l tuzataverib, bezib ketgan iloji yo`q, yashash kerak.
Ro`zg`orga oziq ovqatmi nimadir kerak bo`lib qolsa asfalt yo`lga chiqish uchun 12 km. eshak bilan boradi, eshakni o`sha qishloqqa kimningdir hovlisiga iltimos qilib bog`lab mashinada ketadi.
Bu qishloqda yashayotgan odamlarni yashash sharoitidan 15-asrda yashagan odamlarning sharoiti yaxshi bo`lgan, deb o`ylayman.
Bu qishloqda bitta maktab bor xolos, boshqa hech narsa yo`q. U ham bo`lsa talabga javob bermaydi, isitish moslamalari yo`q qo`lbola pechlardan foydalanadi.
Maktabga boradigan yo`llarni yozuv orqali tariflab berolmayman, turpoq yo`llar yozda chang to`zon, yog`ingarchilik mavsumu loy botqoq. Ishonmaydiganlar bo`lsa yog`ingarchilik mavsumu borib ko`rsin o`quvchi o`qituvchilar eshakka minib zo`rg`a etib keladi.
Bu qishloqda asosiy transpirt vositasi «eshak».
“Tez yordam” mashinasi kerak ,deydi “Damas” yuradigan yo`lning o`zi yo`g`u…
Gapirsam gap ko`p men xoxlardimki, hokim buvalarmiz ham faqat devonda o`tirmasdan turpoq toshli yo`llardan yurib, bizning qishlog`imizga bir kelsalar, odamlarning sharoiti bilan tanishsa qiynayotgan muommolariga echim topishda yordam bersa…
Qishlog`imiz nomidan mutasadi tashkilotlardan iltimos qilib qolardim: bizga ko`p narsa kerak emas, ozgina bo`lsa-da yo`limizni tekislab, kichkina bo`lsa ham vrachlik punkiti, maktabimizga ozgina bo`lsa-da sharoit qilib bersalaringiz bolalarimiz kelajakda savodsiz bo`lib qolmasdi.
Ozgina bo`lsada Xudodan qo`rqaylik!
Prezdentimiz aytganlaridek, faqat qarsakbozlik bilan o`tib ketmaylik!"