YoXUD aholini elektr energiyasiz jon saqlashga majbur qilayotgan tizim rahbariyati va ekspert kengashi a`zolari pul sanash bilan ovorami?
***
Oddiy ishchilarning maoshi etarli bo`lmay, zo`rg`a kun ko`rayotgan bir paytda, rais va rais o`rinbosarlarining 30 mln. so`mdan yuqori maosh olishini qanday tushunish mumkin?
Ekspert komissiya va kuzatuv kengashi a`zolari har yili bir marta 200-300 mln. so`m alohida pul mukofotlari olishlari ham ta`kidlangan.
Rost24.uz axborot sayti “Hududiy elektr tarmoqlari” raisi Ulug`bek Mustafoevga tashkilot rahbariyati maoshlari davlat siri sirasiga kirmasligini eslatadi...
***
Saytimizga aholini elektr toki bilan ta`minlayotgan “Hududiy elektr tarmoqlari” aksionerlik jamiyati vakillaridan ketma ket ma`lumotlar kelib tushmoqda. Unda aksionerlik jamiyatida tunu kun mehnatda bo`lgan oddiy ishchining maoshi 1.5-2 million so`m atrofida ekani, rais va uning o`rinbosarlari maoshi esa 30 million so`m, bo`lim boshliqlari 12 mln. so`m ekani aytiladi.
Jamiyat ishchilari maoshlar orasi keskin tafovvut borligi, ishchilar mehnatiga yarasha etarli maosh olmasligi bo`yicha shikoyat qilganlar. Shuningdek, murojaatchining ta`kidlashicha, ekspert komissiya va kuzatuv kengashi a`zolari har yili bir marta 200-300 mln. so`m alohida pul mukofotlari olishlarini ham ta`kidlagan. Ishga yangi kelganlarga esa sinov muddati sifatida uzoq muddatgacha maosh to`lanmaydi.
Ishchilarning maoshi etarli bo`lmay, zo`rg`a kun ko`rayotgan bir paytda, rais va rais o`rinbosarlarining 30 mln. so`mdan ortiq oylik maosh olishini qanday tushunish mumkin?
Qolaversa, “Hududiy elektr tarmoqlari” aksionerlik jamiyati ko`pincha O`zbekistondagi elektr kabellarining etarli darajada yangilanmagani va bunga mablag` etishmasligini bahona qilib turganda, ekspert komissiya va kuzatuv kengashi a`zolari har yili 200-300 mln. so`mdan alohida pul olishlari kishini hayron qoldiradi.
Aholini qahraton qishda sovuq, jazirama yozda issiqda arang jon saqlashga majbur qilayotgan “Hududiy elektr tarmoqlari” aksionerlik jamiyati raislari va ekspert a`zolari pul sanash bilan ovorami?
Tahririyat “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ maoshlar haqidagi ma`lumot va hujjatlarga ega bo`lgach, uni tekshirish maqsadida aksionerlik jamiyati matbuot xizmatiga murojaat qildi. Matbuot xizmati esa O`zbekistonda elektr etkazish bo`yicha monopol bo`lgan tashkilot rahbariyati maoshini sir tutishini, bu ma`lumotni berishga rahbariyat ruxsat bermaganini ma`lum qildi.
Rost24.uz axborot sayti “Hududiy elektr tarmoqlari” raisi Ulug`bek Mustafoevga tashkilot rahbariyati maoshlari davlat siri sirasiga kirmasligini eslatgan holda, ma`lumotlarga ochiqlik kiritishini so`rab qoladi.