FOTOTARIX: 42 yil avval xuddi shu kuni O`zbekiston futbolida unutib bo`lmas fojia sodir bo`lgandi

11.08.2021 12:22

Bugun avgust oyining 11 kuni, bundan 42 yil avval – 1979-yilning xuddi shu kunida butun O`zbekiston futbol muxlislari uchun og`ir va unutilmas fojia sodir bo`lgandi. Aynan shu kuni Ukrainaning Dneprodzerjinsk shahri yaqinida 8400 metr balandlikda Toshkent-Gurev-Donesk-Minsk yo`nalishi bo`ylab uchib borayotgan Tu-134 hamda shu rusumdagi yana bir samolyot havoda to`qnashib ketdi. 

Aviahalokat natijasida ikkala havo kemasidagi barcha 178 nafar yo`lovchi va ekipaj a`zolari halok bo`ldi, shu jumladan, Toshkentning “Paxtakor” jamoasining 17 nafar a`zosi olamdan ko`z yumdi.

1979 yilning 8 avgust kuni Toshkentda Voroshilovgradning “Zarya” klubini 3:1 hisobida dog`da qoldirdi. Ushbu o`yin “Paxtakor”ning o`sha tarkibi uchun so`nggi uchrashuvga aylanishini hech bir ishqiboz o`ylab ham ko`rmagandi. 13 avgust kuni Minskda “Dinamo”ga qarshi belgilangan uchrashuv arafasida ro`y beradigan halokat hali butun millatni larzaga solishini hech kim bilmasdi.

Bir soniya ichida samoga sochilib ketgan o`n etti o`g`lon, o`n etti qalb, o`n etti orzu va umid: Ravil Agishev, Mixail An, Olim Ashirov, Sirojiddin Bozorov, Konstantin Bakanov, Yuriy Zagumennix, Shuhrat Eshbo`taev, Aleksandr Korchyonov, Nikolay Kulikov, Vladimir Makarov, Sergey Pokatilov, Vladimir Sobirov, Idgay Tazetdinov, Mansur Tolibjonov, Vladimir Fyodorov, Viktor Churkin, Vladimir Chumakov.

Bu nomlar o`zbek xalqi, futbol ishqibozlari xotirasida abadiy qoladi. Ular maydonda maydondan tashqarida qilib o`tgan ishlar hali ko`p yillar davomida yosh avlod vakillari uchun dars sifatida o`rganiladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
11.08.2021 19:26
Колган 160 дан ошик кишининг хаети-чи,уларнинг орзу-умидлари,кечинмалари...уларнинг номлари йукми,улар 'номалум жангчи'-ми ?улардан колган авлод хали-халигача уша кунни,замонни ла'натлаб келмаяптими..