«Mehr-3» operasiyasi muvaffaqiyatli yakuniga etkazildi

08.12.2020 05:10

Prezidentimizning bevosita nazorati ostida bugun "Mehr" operasiyasining navbatdagi bosqichi amalga oshirildi.

Suriyaning jangovar harakatlari olib borilayotgan hududlaridan 98 nafar yurtdoshimiz, ya`ni 25 nafar ayol va 73 nafar bola Vatanimizga qaytarildi.

Bu insonlar endilikda barcha qulayliklarga ega bo`lgan sog`lomlashtirish muassasalariga joylashtirilib, issiq ovqat va kiyim kechak bilan ta`minlanadi. Mutaxassislar tomonidan tibbiy va psixologik yordamlar ko`rsatiladi.

Shuningdek, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo`yicha ham tegishli ishlar amalga oshiriladi.

Kelgusida esa ularning tinch hayotga qaytib, jamiyatga to`laqonli ijtimoiy moslashuvi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

Manba: @platformauzb

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар