Bosh vazir o`rinbosari Behzod Musaev topshirig`i bajarilmadi

05.08.2021 11:57

Bosh vazir o`rinbosari ta`mirlatishni buyurgan yo`l unutildimi?

Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan O`zbekiston “Milliy” universiteti va Islom Karimov nomidagi Toshkent Texnika universiteti binolarining o`rtasida joylashgan 300 metrlik yo`l holati abgor holatda qolmoqda. Bu holat bo`yicha Rost24.uz tahririyatiga fuqarolar tomonidan murojaat kelib tushdi.

Fuqaro Ilhom Ro`zievning aytishiga qaraganda bu yo`lni ta`mirlatish uchun Olmazor tuman hokimiyatiga, Toshkent shahar hokimiyatining “Yo`l qurilishi va obodonlashtirish ishlari bo`yicha tashkiloti”ga murojaat qilingan. Ammo, quruq va`dalardan boshqa hech qanday natija bo`lmagan.

“2020 yilning dekabr oyida O`zbekiston Respublikasining Bosh vazir o`rinbosari Behzod Musaev qishda aynan o`zi piyoda yurib o`tgan vaqtda O`zbekiston Milliy universitetining sobiq rektori Avazjon Marahimovga bu “Milliy” universitet degan nomga mos kelmasligi va bu yo`lni ta`mirlash hamda ikkita to`siqni olib tashlash to`g`risida topshiriq berganligi va buning natijasini tekshirish maqsadida shaxsan o`zi kelishini aytib o`tgan edi. Gap dekabrda aytilgan, yoz oxirlamoqda haligacha ham hech qanday natija yo`q” deydi fuqaro Ilhom Ro`ziev.

U erdagi to`siqlar va panjaralar olib tashlangan lekin hali-hanuz yo`l holati talabga javob bermaydi.

Aslida yo`lning uzunligi 300 metr, eni esa 6 metrni tashkil etadi. Bu yo`ldan kuniga 10 mingdan ortiq talaba va o`qituvchilar o`tadi. Ko`cha ikki oliy o`quv dargohlarini bog`lab turuvchi yo`l bo`lishiga qaramay u erda piyodalar uchun maxsus yo`lak ham yo`q.

Bosh vazir o`rinbosari, Behzod Musaev shu kichik yo`lni ta`mirlatishni aytgan bo`lsada hamon topshiriq bajarilmadi.

Iroda Farxodova,

Quvonch To`raev (video)

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар