O`zbekistonlik sportchi o`q otish bo`yicha Tokio -2020 Olimpiadasida munosib debyut qildi

01.08.2021 21:11

Muxtasar Tohirova Tokiodagi Olimpiada o`yinlarida qatnashish uchun ikkita lisenziyani qo`lga kiritgan edi.

Mart oyida 21 yoshga to`lgan Muxtasar Tohirova uchun bu birinchi Olimpiya o`yinlaridir. Yosh sportchi qizimiz 10 metrli pnevmatik miltiqdan o`q otish va 50 metrdan 3 yo`nalishda o`q otish bellashuvlarida qatnashdi.

U munosib qatnashib, Janubiy Koreya, Fransiya, Indoneziya, Yaponiya, Chexiya va Hindiston kabi Osiyo va jahon chempionatlarining etakchi sport ustalari, chempionlari va sovrindorlarini mag`lub etdi.

Sportchimiz Olimpiada o`yinlarida 100 ta davlat vakillari orasida 1155 ochko to`plab 30-o`rinni egalladi. Olimpiada o`yinlarida bu faxrlansa arziydigan natija hisoblanadi.

Afsuski, bu safar medallarni qo`lga kiritishning iloji bo`lmadi, lekin bunday yaxshi natijalar kelgusida O`zbekiston medallarini kafolatlaydi.

Vaholanki, hali yosh sportchimiz jahonning eng nufuzli musobaqasida tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo`ldi.


 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
06.08.2021 12:17
"Sherlok Holms haqida hikoyalar"larning dastlabki tarjimalarida "pnevmatik miltiq" "yelmiltiq" deb atalgan. Iltimos, o'zbek tilini ozroqqina o'rganib olingsizlar, "zaochno" bo'lsa ham.
06.08.2021 12:01
Miltiq ko'tarishga meni olishsin, bir o'zim ko'taraman, 10 metrli bo'lsa ham, xotinimning "ishlamaysan" degan gapidan yengil bo'lsa kerak. 5000000 so'mga roziman.
06.08.2021 11:51
Шу гап "рост"ми?
06.08.2021 11:45
Nahotki! Miltiq 10 metrli edimi? Shunday bo'lsa, necha kishi ko'tarib yuradi, ular ham Olimpiadachi hisoblanib, 100000000 so'mdan olishanmi?
02.08.2021 23:37
10 метрлик пневматик милтиқ хам борми, тавба... Қандай кўтарар экан уни бу қизалоқ?