Eng ko`p korrupsiya holati aniqlangan hududlar reytingi

30.07.2021 14:12

Andijon viloyati, Toshkent shahri va Toshkent viloyati kuchli uchlikni boshqarmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan joriy yilning iyun-iyul oylarida o`tkazilgan monitoring tadbirlarida Respublika bo`yicha byudjet buyurtmachilari tomonidan qiymati 141 mlrd. so`mlik 458 ta tanlovda «Davlat xaridlari to`g`risida»gi va «Raqobat to`g`risida»gi Qonunlarning talablari buzilishiga yo`l qo`yilganligi aniqlandi. 

Shundan,

Andijon viloyatida 34,4 mlrd. so`mlik (104 ta);

Toshkent shahrida 19,5 mlrd. so`mlik (51 ta);

Toshkent viloyatida 13,9 mlrd. so`mlik (50 ta);

Surxondaryo viloyatida 13,8 mlrd. so`mlik (43 ta);

Samarqand viloyatida 12,8 mlrd. So`mlik (50 ta);

Qashqadaryo viloyatida 12,5 mlrd. so`mlik (41 ta);

Jizzax viloyatida 8,3 mlrd. so`mlik (20 ta);

Buxoro viloyatida 7,3 mlrd. so`mlik (33 ta);

Xorazm viloyatida 5,3 mlrd. so`mlik (18 ta);

Navoiy viloyatida 5,2 mlrd. so`mlik (16 ta);

Qoraqalpog`iston Respublikasida 3,4 mlrd. so`mlik (11 ta);

Namangan viloyatida 2,6 mlrd. so`mlik (11 ta) hamda

Farg`ona viloyatida 2,0 mlrd. so`mlik (10 ta) tanlovlar bo`yicha davlat xaridlariga oid qonunchilik talablari buzilgani ma`lum bo`ldi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
01.08.2021 19:27
Аникланди- натижаси кани???
30.07.2021 20:13
Шунча бюджет пулларига жуда катта замонавий болалар учун тиббиет маркази қурса ва энг замонавий тиббий жихозлар олса бўлади. Бу жуда кўп норасида гўдаклар хаетини сақлаб коларди. Сал инсоф керакда
30.07.2021 19:25
Энди нима чора курасанлар? Битта кечирим сурб куйса булдими? Охирги пайтлар кечирим хам сурамаяптию.