O`zbekistonlik sportchi AQSh nomidan Tokio-2020 Olimpiadasida qatnashmoqda

30.07.2021 13:52

Ildar Hafizov 1988 yil 30 yanvar kuni Toshkent viloyatida tug`ilgan. 2015 yilga qadar u vatanimiz sha`nini himoya qilgan. 

Bu vaqt ichida sportchi ikkita Osiyo chempionatida ishtirok etib, 2011 yil esa Toshkentda kumush, 2007 yil Bishkekda bronza, medallarini qo`lga kiritgan.

2015 yil may oyidan Ildar Hafizov Amerika Qo`shma Shtatlari armiyasiga qo`shildi . AQSh armiyasida avtotransport operatori sifatida xizmat qilish bilan bir qatorda, u AQSh armiyasining jahon toifasidagi sportchilar dasturining a`zosi ham bo`ldi. "US Open-2017»da 59 kg. vazn toifasida oltin medalni qo`lga kiritdi.


Ildar Hafizovning shu vaqtgacha qo`lga kiritgan yutuqlari quyidagilardan iborat:

Olimpiya o`yinlari: 

2008 yil (O`zbekiston nomidan)

2020 yil (AQSh nomidan)

Jahon chempionati:

Jahon jamoasining O`zbekiston terma jamoasi a`zosi (2007, 2009, 2011)

AQSh terma jamoasi a`zosi (2017, 2019)

2007 yil chempionatida 5-o`rin

2017 yilgi CISM harbiylar o`rtasidagi jahon chempionatida 5-o`rin

Sportdagi muhim yutuqlar:

2016 yil. AQSh ochiq chempionatining g`olibi 2017 yil. AQSh jamoaviy musobaqalari g`olibi

2018 yil. Yunon-rum bo`yicha jahon jamoaviy musobaqalarida 2-o`rin

2019 yil. AQSh ochiq chempionatida 2-o`rin

AQSh sportchisi sifatida 2 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo`lga kiritgan.

33 yoshli sportchi 2020 yilgi yozgi Olimpiada o`yinlarida 60 kg. vazn toifasida AQSh sharafini himoya qilmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
6
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар