«Beeline» kompaniyasi abonentlarga 20 mlrd. dan ziyod miqdordagi mablag`ni qaytarmoqda

07.12.2020 15:37

O`zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi huzuridagi Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi joriy yilning mart oyida Beeline Uzbekistan kompaniyasiga nisbatan “Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida” O`zbekiston Respublikasining qonuni va “Mobil aloqa xizmatlarini ko`rsatish qoidalari” talablari buzilishi belgilari bo`yicha ish qo`zg`atgan edi. 

Ma`lumki, 2019 yilning iyul oyida “UNITEL” MChJ tomonidan abonentlarni “Xabardor bo`l” xizmatiga bepul promo-davrga (10 va 30 kunga) ulanishi bo`yicha promo-aksiya o`tkazilishi to`g`risida e`lon berilgan edi. Ushbu promo-aksiya mazkur xizmatga ulanmagan abonentlar uchun mo`ljallangan. Biroq, bepul davr tugashi bilan, UShBU XIZMAT avtomatik ravishda O`ChIRILMAGAN (promo-aksiya shartlariga ko`ra).   

Aksincha, o`rnatilgan narx bo`yicha kunlik 240 so`m miqdorida abonetlarga hisoblangan. 

3,2 MLN ABONENTDA “XABARDOR BO`L”

Ushbu promo-aksiyaga umumiy hisobda 3,2 milliondan ortiq abonent ulangan bo`lib, ulardan 1,2 millionga yaqini tomonidan mazkur xizmat mustaqil ravishda o`chirilgan.  

2020 yil may holatiga ushbu xizmat deyarli 1,3 mln. abonentda yoqilgan holatda bo`lishda davom etgan.    

Agentlikning Maxsus komissiyasi tomonidan 2020 yil 3 iyul sanasida “UNITEL” MChJga nisbatan O`zbekiston Respublikasi “Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi Qonunining 21-moddasi hamda Mobil aloqa xizmatlarini ko`rsatish qoidalarining 25 va 26 bandlari buzilishi yuzasidan qaror qabul qilindi va ko`rsatma berildi. 

Ko`rsatma, promo-aksiyani o`tkazish davomida “Xabardor bo`l” xizmatiga bepul ulangan va aksiya tugaganidan so`ng avtomatik ravishda xizmat o`chirilmagan abonentlarga mazkur xizmatni o`chirish va ko`rilgan zararni qoplash bo`yicha talablardan iborat bo`lib, har bir abonent hisobidan “Xabardor bo`l” xizmati doirasida ortiqcha echilgan mablag` uning hisobiga qaytarilishi bilan qoplanishi ko`zda tutilgan.   

ISTE`MOLChILAR HUQUQLARINI HIMOYa QILISh AGENTLIGI IKKITA SUD JARAYoNIDA YuTIB ChIQDI

“UNITEL” MChJ o`zining qonuniy huquqlaridan foydalangan holda, shu yilning avgust oyida Toshkent shahar Shayxontohur tuman ma`muriy sudiga Agentlik ko`rsatmasini haqiqiy emas deb topish to`g`risida murojaat qilgan edi. Natijada, sud “UNITEL” MChJning talabini rad etish va Agentlik ko`rsatmasini o`z kuchida qoldirish bo`yicha qaror qabul qildi. 

Biroq, joriy yilning oktyabr oyida Kompaniya Toshkent shahar ma`muriy sudiga appelyasiya da`vosi bilan qayta murojaat qildi. Ma`muriy sud ham Agentlikning Ko`rsatmasini haqiqiy deb topib, Kompaniya appelyasiyasini rad etdi.  

“XABARDOR BO`L” XIZMATI O`ChIRILDI

Shu yilning 13 noyabr kuni “UNITEL” MChJ o`zining www.beeline.uz rasmiy saytida 26 noyabrdan boshlab, 2019 yil promo-aksiya davomida aksiyaga ulangan abonentlarda “Xabardor bo`l” xizmati o`chirilishi to`g`risida e`lon qildi. 

Agentlik tomonidan qo`zg`atilgan ish bo`yicha 9 oy davom etgan munozara iste`molchilar foydasiga hal etildi. Bugungi kunga kelib, Beeline Uzbekistan abonentlariga etkazilgan zarar 

20 milliarddan ortiq miqdorda baholanmoqda. Quvonarlisi, kompaniya tomonidan ushbu mablag`lar abonentlar hisobiga qaytarilishi boshlandi. 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
7
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
08.12.2020 23:22
Манда хам статус силвер охирги етти саккиз ой ичида жуда куп пули йуколди. Ошикча уч туит минг турганини дарров ечволишади. Мобилбанкинг иловасидан агар хисобингизда 1 доллардан кам пул булса смс келмайди. Шу сабаб мандан тухтовсиз пул шилишди номардлар. Лекин бир сум хам кайтарилгани йук
08.12.2020 16:12
МЕНДА STATUS SILVER ИККИ ОЙ ПУЛИНИ ТУЛЛАСАМ БИР ХАФТАГА УЧИРУВДИ КЕЙИН АРЗОНИГА УТКАЗДИМ У УНДАНАМ БАТТАРОК ТЕЗ ПУЛИ ТУГАДИ КЕЙИН КАМПАНИЯГА МУРОЖИАТ КИЛДИМ УЛАР ИНТЕРНЕТИЗГА КЕТГАН ДЕЙИШДИ ЛЕКИН МАН ИШОНИБ КЕЛДИМ ЯНА ПУЛ ТУЛАДИМ ИШЛАБ КЕТИ КЕЙИН ОЙНИ БОШИГА 8О МИНГ СУМ ТУЛАСАМ БИР ХАФТАГА ЯНА УЧДИ КЕЙИН УЗИМЧА ИНТЕРНЕТ ИШЛАТГАН БУСАМ КЕРАКДЕБ ЯНА 80 МИНГ ТУЛАДИМ УЧКУНКА ЯНА УЧИРИЛДИ КЕЙИН СРОЧНА ЕКИШИМ КЕРАК ЭДИ КАМПАНИЯДАН 25 МИНГ КАРЗГА ЕКИЛДИ ЯНА УЧКУНГА УЧИРИЛДИ ЯНА БИЛАЙНГА БОРДИМ НИМАГА БУНДАЙ БУЛИЯПТИ ИНТЕРНЕТ УМУМАН ИШЛАТМАДИМ КЕЙИН ТОШКЕНТГА УЛАШДИ МАН ТУШУНТИРИБ БЕРДИМ БУ ОЙГА ЯРИМ ПУЛИМНИ УТКАЗИШТИ ОЛЛОХГА ШУКУР ТЕЛЕФОНИМ 28 ЧИСЛОГАЧА УЧМАЙДИ ДЕЙИШДИ МУРОЖИАТ КИМАСАМ ЯНА АХМОК БУЛИБ КОЛАРЕКАН МАН
08.12.2020 15:43
Умуман сифатсиз ишледи Андижонда интернет 000 тошбака
08.12.2020 07:15
Mendan ham sababsiz bir necha marta pul yechilgan edi, status silver ta'rifidaman bir kun oldin pul tashasam ertasiga 20 30 ming sum yuqolib qoladi. Sababini surasam internetiz yoqilgan qolgan deb fortichka qilishadi, intertim trefik asosida ishlataman. Xisobimda trafigim bo'la turib yana nima uchun xisobimdan internet uchun pul yechishadi. Ayniqsa 2018 2019 yillarda rosa pulimni shildi bu beeline kompanoyasi. 80 ming 100 minglab pulni Besabab yechaverdi sababini aperatirdan tel qilib so'raganda qandaydir pullik narsalarga ulanib qolgansiz deyishadi. Agar pullik narsalarga ulansam pul tashlamagan vaqtlarimda yechish kerakku qolaversa faqat xisobiz 10 mingdan oshsa sababsiz yechaveradi, abanentni puli ko'paysa bjlar birdan pul yechaveradi
07.12.2020 23:56
Ug'ri bulsaham lekin sifatli kompaniya.