Koronavirus shu zaylda tarqalishda davom etsa, Prezident saylovini o`tkazish to`liq tartibda onlayn bo`lishi mumkinmi?
Rost24.uz muxbiri Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazidagi brifingdan so`ng Markaziy saylov komissiyasi Matbuot kotibiga yuqoridagi savol bilan yuzlandi.
Sanjarbek Rashidovning aytishicha, vaziyatdan kelib chiqib bu jarayon ko`rib chiqiladi, chunki hali saylovgacha 87 kun muddat bor.
“Albatta, fuqarolarimizning sog`lig`i birinchi o`rinda, hammamiz bu mas`uliyatni his qilib turibmiz. Sog`liqni saqlash vaziriligi xulosasiga ko`ra qaror qabul qilinadi. Lekin hozircha bunday o`tkazish bo`yicha hech qanday sabablar yo`q. Oktyabrgacha ko`ramiz, saylovga yaqin bu qaror qabul qilinadi menimcha” – dedi Sanjarbek Rashidov.