Farg`onada anomal issiqda ochiq stadionlarda imtihon o`tkazildi

26.07.2021 18:35

10-11 yoshli bolalar quyosh tig`ining tagida 2 soat imtihon topshirishdi

Joriy yilning 26 iyul kuni Prezident maktablariga kirish imtihonlari boshlandi. Karantin sababli ushbu imtihonlar ochiq maydonlarda o`tishi rejalashtirilgan. Toshkent shahrida bu jarayonlar Botanika bog`ida tashkillashtirildi.

Lekin boshqa viloyatlarda bu holat qanday kechyapti?

O`qituvchi, Isroil Tillaboev Farg`ona viloyatidagi Farg`ona va Marg`ilon shaharlaridagi imtihonlar ochiq stadionlarda o`tkazilayotgani haqida o`z fikrlarini bildirdi.

Uning ta`kidlashicha imtihon vaqti 8:00 dan 10:00 gacha belgilangan va 7:30 da stadionga bolalar joylashtirilgan.

“2 soat sizni shu issiqqa o`tirg`izib qo`yilsa nima bo`lasiz? To`g`ri bu maktab eng yaxshisi, barchaning orzusi, lekin bari bir bularning barchasi 10-11 yoshli bolalar” – deydi u.

Prezident maktabiga 24 nafar bola olinishi belgilangan. Lekin minglab bolalar issiqdan qiynalayotganligi achinarli holat. Imtihon yaxshiroq tashkil qilinishi kerak edi, deya bot-bot qaytaradi Isroil Tillaboev.

“O`sha imtihon o`tgan stadionni ro`parasida Al-Farg`oniy bog`i bor, Farg`ona viloyati xokimligi, Prezident va ijod maktablari agentligi kelishib mana shu salqin bog`da imtihon o`tkazilishini tashkillashtirishsa bo`lmas edimi?

Nega poytaxt bolalarini salqinga, viloyat bolalarini issiqqa qo`yishlariga indamadilaring? Yoki viloyat bolalari issiqda ko`p yurib o`rgangan dedimi birov?” – deya fikrini yakunlaydi I.Tillaboev.

23 iyul sanasida Sog`liqni saqlash vazirligi aholini zarurat bo`lmaganda ko`chaga chiqmaslikka chaqirib, aholiga SMS xabar jo`natgan. Aynan shu sanadan boshlab to hozirgacha havo harorati keskin darajada oshmoqda.

Bloger I.Tillaboev suratlaridan foydalanildi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
27.07.2021 03:11
Namangandagi imtohon ham ochiq maydon stadionda bo'lib o'tdi