O`zbekistonda ilk bora terrorchilik harakatiga aloqador deb topilgan shaxslar oqlandi

25.07.2021 11:25

Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent viloyati sudida 1999 yil "16 fevral voqealari"ga aloqadorligi yuzasidan sudlangan 5 nafar shaxsga oqlov hukmi e`lon qilindi. 

Oqlangan 5 nafar shaxs 1999 yil 16 fevral voqealari ro`y bergan vaqtda “G`ishtko`prik” chegara punktida nozir sifatida ishlab kelgan. Ularni terrorchilarni chegaradan o`tkazib yuborgan shaxlar sifatida ayblab, ozodlikdan mahrum qilishgan edi. Bu shaxslar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.04.1999 yildagi “9-Mayni Xotira va qadrlash kuni” deb e`lon qilinishi munosabati bilan amnistiya farmonini 2-moddasi tatbiq etilib, tayinlangan jazoni o`tashdan ozod qilishgan. O`sha yildan to hozirgacha bu shaxslar qamoqda jazo muddati o`tashmagan bo`lsa ham, lekin qonun bo`yicha oqlanishmagan edi.

Rost24.uz jamoasi Toshkent viloyati sudida 5 nafar shaxsning 22 yildan keyingi oqlovi va xursandchiligiga sherik bo`ldi.

"G`isht ko`prik" bojxona maskani sobiq noziri Ibrohim Yunusov bu kungi taassurotlari va fikrlarini biz bilan bo`lishdi.

Ularning ta`kidlashicha, ular 22 yil davomida juda ko`p urinishgan, sayyor sudlarga ham ariza tashlashgan, lekin hech qanday natija bo`lmagan. So`nggi yillarga kelib esa ommaviy axborot vositalarida bir qancha chiqishlar qilgandan keyingina, ishlariga jiddiylik bilan qarashibdi. Oqlangan 5 nafar shaxs ham ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar ishlaridan minnatdorliklarini bot-bot qaytarishdi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
26.07.2021 05:49
Яхши