Mahalla raisini haqoratlab kaltaklagan Toshkent shahar hokimi o`rinbosariga hech qanday chora ko`rilmadi

24.07.2021 13:24

Oddiy fuqaro kimnidir ursa javobgarlikka tortiladi, hokim o`rinbosari ursa ish «yopiladi»mi?

Toshkent shahridagi «Usta Normat» MFY raisi Alisher Ikromovga Toshkent shahar o`rinbosari B.Rahmonov tarsaki tushirgani haqidagi ma`lumot ommaviy axborot vositalarida katta bahs munozaralarga sabab bo`lgandi. 

Rost24.uz axborot sayti muxbiri Toshkent shahar hokimi o`rinbosari Baxtiyor Rahmonovga qanday chora ko`rilgani, qonun oldida javob berganmi yoki yo`qmi, voqealar qanday yakun topgani bilan qiziqdi.

Odatda bunday ishlar ikki tarafning kelishuvi ostida bosti-bosti qilib yuboriladi.

Joriy yilning 9 may kuni Toshkent shahridagi «Usta Normat» MFY raisi Alisher Ikromov Toshkent shahar o`rinbosari Baxtiyor Rahmonov tomonidan chaqirtiriladi va o`zining xizmat vazifasiga umuman aloqador bo`lmagan, mutlaqo boshqa bir masalaning bajarilmagani yuzasidan haqoratlaydi, hattoki, kaltaklaydi ham.

Ushbu masala Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi tomonidan nazoratiga olingan edi. Vazirlik bayonotiga ko`ra, mahalla raislarini vazifa va faoliyat yo`nalishlari bilan bog`liq bo`lmagan yig`ilish va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning faoliyatiga asossiz aralashish, taalluqli bo`lmagan vazifalarni yuklash talablarini buzgani uchun davlat organlari va tashkilotlari mas`ul va mansabdor shaxslarini egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo`lgan jazo choralarini qo`llash bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga o`rnatilgan tartibda taklif kiritib borish huquqiga egaligi eslatilgan.

Biroq, shu yilning 11 iyun kuni A.Ikromov Toshkent viloyati hokimi o`rinbosari Ismat Ibragimovning taklifiga asosan Bosh prokuratura xodimlari guvohligida B.Rahmonov uzr so`ragan va tomonlar og`zaki yarashtiriladi. Ish yuzasidan hokim o`rinbosariga nisbatan hech qanday chora ko`rilmagan, ish tinchlik yo`li bilan hal bo`lganiga qaramay, shu kuning o`zida, ya`ni 11 iyun kuni kech soat 22:10 da B.Rahmonovning akasi S.Rahmonov o`zining sheriklari bilan Tinchlik ko`chasida A.Ikromovni ko`rib qoladi va kurakda turmaydigan so`zlar bilan haqorat qilib, 9 maydagi ishga aslida Ikromovning o`zi aybdorligini aytishgan. (Voqealar haqidagi audio yozuv rost24.uz tahririyatida saqlanmoqda.)

Haqoratlangan va kaltak egan rais Toshkent shahar hokim o`rinbosarining akasi S.Rahmonov ustidan Oqqo`rg`on tumani prokurori D.Fayziev nomiga 12 iyun sanasida ariza yozadi. Oradan bir oy vaqt o`tgan bo`lsa-da hozircha hech qanday javob xati kelgani yo`q. Arizada og`zaki yarashuv kelishuvini bekor qilish ham so`ralgan edi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
9
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
28.07.2021 16:52
Прокуратура қўрқади амалдорлардан.
25.07.2021 05:30
Инсон қадрини маҳаллик органнинг маъсул шахси томонидан поймол қилиш бу. Бош прокуратура қараб турмасдан жазо кўриши лозим эди. Мана хокимият ва прокурара ходимларининг ўз вазифаларини қайдан билиши. Нафақат нодон шунингдек ўқимаган улар....
24.07.2021 22:26
Адолат учун курашиш лозим.