Rost24.uz axborot sayti so`roviga asosan moliya vazirligi matbuot xizmati davlat amaldorlarining maoshlari haqidagi ma`lumotni taqdim etdi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilot va muassasalar xodimlarining lavozim maoshlarini belgilashda mehnatga haq to`lash bo`yicha Yagona tarif setkasi bilan tasdiqlangan tarif koeffisientlari majburiy tartibda qo`llanadi.
Xususan, rahbarlik lavozimlari uchun yagona tarif setkasi bo`yicha quyidagi razryadlar o`rnatiladi:
Shu bilan birga:
- alohida mehnat sharoitlari uchun - lavozim maoshining 20 foizi miqdorida (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari va senatorlari, viloyat (tuman, shahar) hokimlari uchun;
- mehnatni rag`batlantirish koeffisienti – lavozim maoshining 40 foizi miqdorida;
- uzoq yillik xizmati uchun – lavozim maoshining 20-30% miqdorida;
- moddiy rag`batlantirish - lavozim maoshning 15-25% miqdorida ustamalar belgilanadi.
Bundan tashqari, mukofotlash (lavozim maoshining 2 baravarigacha miqdorda) va moddiy yordam ko`rsatish (lavozim maoshining 1 baravarigacha miqdorda) ko`zda tutilgan. Bunda mukofotlar to`lash yoki intizomiy jazo choralarini qo`llash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Shuningdek, ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga asosan qo`shimcha ustama haqlar nazarda tutilgan:
- xorijiy tillar bo`yicha milliy va tegishli xalqaro sertifikatga ega bo`lgan xodimlarga - lavozim maoshining 20 foizi miqdorigacha;
- nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining top - 500 ro`yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta`lim muassasalarida o`qishni (bakalavriat, magistratura) tamomlagan yoki ilmiy darajasini (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarga – bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan 15-75 foiz miqdorida.
Alohida normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, ayrim byudjet tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshlarini belgilashda yagona tarif setkasi bo`yicha mehnatga haq to`lash razryadlarining oshirilgan miqdorlari qo`llaniladi.
Shu bilan birga, qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda qo`shimcha ustamalar to`lanadi.
Shuni ta`kidlash lozimki, yuqorida keltirilgan rahbar lavozimlarning mehnatiga haq to`lash bo`yicha barcha xarajatlar O`zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.