Sudlar tadbirlar-u suhbatlar o`tkaziladigan joyga aylanyaptimi?
Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Oliy sud raisining o`rinbosari Baxtiyor Isoqov iqtisodiy sudlarda 2021 yil birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar haqida ma`lumot berib o`tdi.
Unga ko`ra, ushbu davrda sudyalar tomonidan 6105 ta targ`ibot tadbirlari o`tkazilgan. Xususan, ommaviy axborot vositalarida 2986 ta chiqish, shu jumladan, televizorda 526 ta chiqish, radioda 476 ta chiqish, gazetalarda 649 ta chiqish, jurnallarda 85 ta chiqish va boshqa ommaviy axborot vositalarida 1250 ta chiqishlar qilingan.
Qonunlarni aholiga tushuntirish va amaldagi qonunchilikni keng jamoatchilikka targ`ib qilish maqsadida jami 3119 ma`ruza va suhbatlar o`tkazilgan.