Aholini emlash uchun 3 trillion so`m, Sanitariya-epidemiologiya xizmati uchun 200 million dollar ajratilgan

22.07.2021 22:47

2021 yil davlat byudjetidan 3 trillion so`m ajratilib, ushbu mablag`lar hisobidan aholi koronavirusga qarshi emlanmoqda.

Shuningdek, 2021 yil virusga qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etgan tarmoq Sanitariya-epidemiologiya xizmati sifatini oshirish, moddiy-texnik bazasini yaxshilashga 200 million dollar ajratilgan.

Shu kunlarda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun jami 82 ta maxsus shifoxona faoliyat yuritmoqda.

Shu kungacha yurtimizga jami 9 million 580 ming doza vaksina olib kelindi. 21 iyulgacha jami 5 868 010 doza vaksinadan foydalanilib, 1 027 927 nafar fuqaro to`liq bosqichlarda emlandi.

Ushbu raqamlar O`zEOAVMA tashabbusi va Sog`liqni saqlash vazirligi hamkorligida tashkil etilgan “Vaksina – salomatlik va cheklovlarsiz hayot” mavzusidagi Ochiq muloqotda aytildi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар