O`zbekistonda 18 yoshdan oshganlar ommaviy emlanadi

22.07.2021 18:17

Ma`lumki, joriy yil 1 apreldan koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash ishlari boshlandi.

Vaksinasiya jarayonlariga kiritilgan so`nggi o`zgarishlarga ko`ra, mamlakatdagi 18 yoshdan oshganlar ommaviy emlanishi belgilangan. 

Bularga kimlar kirishi O`zEOAVMA tomonidan tashkil etilgan ochiq muloqotda aytib o`tildi:

aholi bilan muloqotga kiruvchi barcha turdagi xizmat ko`rsatish ob`ektlarining (davlat xizmatlari markazlari, pochta bo`linmalari, banklar, lizing tashkilotlari, notariuslar, sug`urta kompaniyalari, go`zallik salonlari, sartaroshxonalar va boshqalarning) xodimlari;

barcha turdagi savdo ob`ektlarining (oziq-ovqat, xo`jalik mollari, kiyim-kechak do`konlarining, dorixonalarning va boshqalarning) xodimlari;

sport maktablarining hamda sport inshootlarining xodimlar;

madaniy hamda ko`ngilochar ob`ektlarning va dam olish maskanlarining xodimlari;

mehmonxonalarning, uy mehmonxonalarining, xostellarning, otellarning, yotoqxonalarning va kempinglarning ishchi-xodimlari;

yo`lovchi tashish bilan shug`ullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlarning xodimlari;

davlat va nodavlat ta`lim muassasalarining xodimlari;

harbiy xizmatchilar;

umumiy ovqatlanish korxonalarining, xususan, jamoat joylarida joylashgan tezkor ovqatlanish shoxobchalarining, choyxonalar, to`yxonalar, kafelar va restoranlarning xodimlari, shu jumladan, mahsulotlarni etkazib berish bilan shug`ullanuvchilar;

barcha turdagi davlat va nodavlat tibbiyot va tibbiy-ijtimoiy ob`ektlarning xodimlari;

kommunal xizmat sohasi xodimlari;

aloqa va telekommunikasiya ob`ektlarining xodimlari;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xodimlari;

huquqni muhofaza qiluvchi organlarining xodimlari kabilar kiritilgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар