O`zbekiston Prezidenti jahon rekordini o`rnatdi

21.07.2021 15:03

15-16 iyul kunlari Toshkentda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o`zaro bog`liqlik. Tahdid va imkoniyatlar” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro anjuman o`tkazildi.

Ushbu Anjumanda dunyoning 44 mamlakatidan ikkita oliy va yuqori darajali delegasiya, 15ta parlament delegasiyalari, 37ta TIV delegasiyalari va 10ta vazirlik va turli yo`nalishdagi muassasa delegasiyalari, 180dan ortiq ishbilarmon doira vakillari tashrif buyurgan. Tadbir arafasida mehmonlar umumiy soni 600 nafardan oshdi.

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 iyul kunning birinchi yarmigacha davom etgan yuqori darajali xalqaro anjumanda ishtirok etib nutq so`zladi.

Kunning ikkinchi yarmida ikkita davlat rahbari bilan uchrashib, 12 ta davlat vakillarini qabul qilib, jami 14 ta suhbat o`tkazdi.

Qabul jarayonlari alohida yakkama-yakka o`tkazilib, har bir davlat vakillari bilan alohida suhbat o`tkazdi. Qabul jarayonlari soat 23:00 gacha cho`zildi.

O`tmishdagi statistikaga murojaat qiladigan bo`lsak, hech qaysi davlat rahbari bir kunda 14 marotaba uchrashuv o`tkazmagan.

Mintaqadagi xavfsizlik masalasiga mas`ul shaxs sifatida jiddiy qaragan O`zbekiston Prezidenti shaxsan o`zi har bir davlat vakillari bilan alohida suhbat uyushtirdi.

Sh.Mirziyoev Toshkentda o`tkazilgan xalqaro konferensiya doirasida 16 iyul kuni soat 14:00 dan 23:00 gacha qabul qilgan xorijiy davlatlar vakillari:

  1. Evropa komissiyasi vise-prezidenti, Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo`yicha Oliy vakili Jozep Borrel.
  2. Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
  3. Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar.
  4. Qozog`iston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari – tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi.
  5. Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o`rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov.
  6. Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin.
  7. Qirg`iziston delegasiyasiga rahbarlik qilgan Qirg`iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining o`rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Aqilbek Japarov.
  8. Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho`g`li.
  9. Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud.
  10. Quvayt Davlatining tashqi ishlar vaziri, Vazirlar Mahkamasi ishlari bo`yicha davlat vaziri shayx Ahmad Nosir al-Muhammad as-Saboh.
  11. Ozarbayjon Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari Shaxin Mustafoev.
  12. Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidentining maslahatchisi Elizabet Shervud-Rendall boshchiligidagi delegasiya.
  13. BMT Bosh kotibi o`rinbosari, Evropa iqtisodiy komissiyasi (EIK) Ijrochi kotibi Olga Algaerova.
  14. Bangladesh Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abul Kalom Abdul Mo`min.

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
31
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
23.07.2021 16:45
Prezidentim Gaplaringizdan G'urulanamis Budun O'zbeklar G'ururlanamis Olloxim Bergan Umrdi Xalqingiz Blan Yashang Otajon
23.07.2021 11:40
Койил давлат рахбарига
22.07.2021 22:56
👋👋👋👋👋👋👋👋👋👋👋👋👋👋👋👋
22.07.2021 18:26
Prezidentimiz shunchalik harakat qilyapdimi, atrofdagi amaldorlarimiz esa soqqa qilish bn ovvora. Axir jonkuyarlar kam. Nega amaldorlar ham haqiqiy ishlamaydi.
22.07.2021 16:09
Олга чарчаманг отажон
22.07.2021 15:17
Гап йук яшасин ш мирзиёв хакикий давлат бошлиги
22.07.2021 13:30
Òzbekiston olĝa.
22.07.2021 13:28
Umringiz uzoq bosin shavkat Mirziyoyev