Oliy sud qatag`on va paxta ishi qurbonlarini oqlamoqchi

14.07.2021 10:18

Faqat ayni damda sud tomonidan ularning yaqin qarindoshlari izlanmoqda

Rost24.uz axborot-tahliliy sayti tomonidan Oliy sudga mustaqilligimiz uchun kurashgan, tarixda “bosmachilar” nomi bilan qoralangan vatanparvarlarimiz nomini oqlash taklifi kiritilgan edi. Taklif kiritilganiga 7 oydan oshiq vaqt o`tganiga qaramay hamon Oliy sud tomonidan ular oqlangani yo`q.

Kecha Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida sudlarining joriy yil birinchi yarmidagi faoliyati hamda sud-huquq sohasidagi muhim va dolzarb masalalar bo`yicha o`tkazilgan matbuot anjumanida yuqorida ko`tarilgan masala yuzasidan javob so`raldi.

Qo`shni davlatlarda tarixda “bosmachilar” nomi bilan qoralangan vatanparvarlar nomi oqlanib, ular millat qahramoni darajasiga olib chiqilgan. Biroq, O`zbekiston Oliy sudi bu boradagi taklifni hamon ko`rib chiqishni yakunlaganicha yo`q.

Oliy sud raisi o`rinbosari Ikrom Muslimov rost24.uz saytining mazkur savoliga javob berar ekan, qatag`on qurbonlari ham 1980 yillardagi paxta ishlari qurbonlarining ham oqlanishi kutilmoqda. Biroq sud organiga ikkinchi tarafning arizasi zarur bo`lgani uchun ayni damda ularning yaqin qarindoshlari qidirilmoqda ekan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар