Islom Karimov davridagi nohaq qamalganlar ariza bermasa ham oqlanadimi?

13.07.2021 22:52

Ma`lumki, o`tgan 2008 — 2015 yillar oralig`ida sudlar tomonidan nohaq ayb bilan qamalganlar ko`paygan. 

Asosan topshiriqlar asosida sudlar gumonlanuvchilarni nohaqdan aybdor deb topgan. Bular bugungi kunda sudlar tomonidan oqlanmoqda. Mana shu nohaqdan ayblanganlar ariza bermasa ham sudlarning o`zi qayta reabilitasiya qilib ularni oqlashi mumkinmi?

Oliy sud raisi o`rinbosari Ikrom Muslimov bu haqda rasmiy ma`lumot berdi: “Prosual qonunga muvofiq, ishlarni yuqori instansiyada ko`rish tartibi bor. Bunga ko`ra ish bo`yicha taraf sudlangan yoki advakati, jabrlanuvchi va uning himoyachisi, fuqaroviy da`vogar, fuqaroviy javobgar shikoyat bersa, yoki prokuror sud qarorlariga nisbatan protest bildirsa, ko`rib chiqilishi mumkin. Biz o`z xohishimizcha ishni olib, uni ko`rib chiqolmaymiz”, deya ta`kidladi.

Xulosa o`zingizdan…

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
15.07.2021 12:33
Nima degani, xulosa o‘zingizdan, qonun yk‘l qo‘ymasa ham sud sizni ko‘nglingiz uchun qonunni buzsinmi.