Yoshlarning media maydonga kirib borishi uchun qulay imkoniyat

13.07.2021 09:15

O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosasiyasi tomonidan 9-20 iyun kunlari Yoshlar ijod saroyida 100 nafar iqtidorli yoshlar uchun o`quv-seminarlar tashkil etildi.

Seminar qatnashchilariga xalqaro media ekspertlar, yurtimizning taniqli jurnalist va boshlovchilari, multimedia vositalarining mutaxassislari tomonidan mahorat darslari o`tkazildi.

Bu yoshlar kelgusida ijtimoiy tarmoqlarda sifatli, yuqori saviyadagi foto, video va reklama materiallari kontentini yaratadi, Instagramdagi akkauntlar bilan bemalol ishlay oladi. Bo`lg`usi yosh jurnalistlar o`qish bilan birga, hozirdanoq o`zlari tayyorlagan media mahsulotlarini qator nodavlat-notijorat telekanallarida namoyish etish va moddiy rag`batlarni qo`lga kiritish imkonidan ham foydalanishadi. Ular orasidan eng iqtidorli, bilimli va tajribali yigit-qizlar O`zEOAVMA tomonidan ish bilan ta`minlanishini alohida qayd etish lozim.

Ana shu iqtidorli yoshlar uchun bugun “Yoshlar multimedia studiyalari” loyihasi asosida Bo`stonliq tumanidagi yoshlar oromgohida “Navqiron jurnalistlar” media-oromgohi ish boshladi.

Bu media-oromgohda yoshlar so`lim tabiat quchog`ida hordiq chiqarib, amaliy va nazariy ko`nikmalarini rivojlantirishlari,bugungi kunda saytlar faoliyatini tashkil qilish va kengaytirish yuzasidan ko`p ma`lumotlar olishlari mumkin.

Shuningdek, oromgohda ularga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, adliya vazirligi, O`zEOAVMAning malakali mutaxassislari, xalqaro jurnalistika vakillari, taniqli teleradiokanallar boshlovchilari, olimlar sohaga doir o`quv mashg`ulotlari, mahorat darslari, seminarlar va davra suhbatlari o`tkazishadi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар