Qamariddin Shayxov: Jurnalistlarni tuhmat bilan qamash oson bo`lgan jamiyatda yashab turibmiz

11.07.2021 13:24

Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta`minlash masalalari qo`mitasining ilk yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Unda ekspertlar guruhi a`zosi sifatida ishtirok etgan  Qalampir.uz internet sayti bosh muharriri Qamariddin Shayxov o`z fikrlarini bildirdi:

"Mana ochiqlik siyosati, davlat idoralarining ochiqligi haqida, matbuot kotiblarining faoliyati haqida gapiryapmiz. Axborot xizmati hokimlikning advokati bo`lib qolmasligi kerak. Mana bugun yana bir bor jarang sochdi... 

Senatni o`zi yoki agentlikni o`zi bugun qanchalik ochiq. Birinchidan, men o`zim tavsiya qilgan bo`lardim, Senatni o`ziga aytaylik, biz – Qalampir.uz bir necha bor, intervyular so`rab rasmiy xatlar bilan chiqqanmiz, javoblar bo`lmagan. Mezonlar deyapmiz, xo`p, mezonlarni qachongacha belgilangan idoralar belgilaydi. Qachonki u matbuot kotiblari bilan biz ishlayotgan bo`lsak. Biz ishlamayapti, yil bo`yi bizga javob bermadi deb bu erda ayuhannos solamiz. Savolimizga javob berish u yoqda tursin, telefon raqamimizni blokka tiqib qo`yadi. Lekin ertaga qarasangiz, AOKA da yilning eng yaxshi matbuot kotibi bo`lib turadi. Bunaqalar ko`p. Masalan, Energetika vazirligi, Xalq ta`lim vazirligi. Ular axborot tarqatuvchimi, yoki jamoatchilikni savoliga javob beruvchimi? Agar o`zini foydasi bilan axborot tarqatsa, tashkilotni emas, o`sha vazirni, hokimni yollangan shaxsiy jurnalisti deb atash kerak, boshqa narsa emas. 

Ikkinchi masala, Vazirlik, idoralar o`zi xohlagan ma`lumotlarni tarqatishda davom etaversa, jurnalistning savoliga javob berilmasa, korrupsiya masalasini ko`tarayotgan jurnalistni shaxsiy xavfsizligi, daxlsizligi masalasi bormi? Biz buni ko`rib chiqqanmizmi? Qonunda jurnalist boshqa fuqarolar kabi shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega deyilgan tamom. Lekin biz advokatlardan kam ish qilyapmizmi? Meni taqqoslash niyatim yo`q, lekin deputatlardan kam ish qilyapmizmi? Holbuki, jurnalistlarni tuhmat bilan korrupsiyada ayblash juda ham oson bo`lib qolgan davrda yashab turibmiz va jurnalistlar qachon, qanday tashkilotlarga chaqirilayotganligini ham juda yaxshi bilib turibmiz. Agar bugun jurnalist daxlsizligi masalasini ko`rib chiqmasak, o`sha AOKAmi yoki axborot qo`mitasi buni hal etmas ekan, oldingi holimizcha qolib ketaveramiz. Zavoddan o`sha eski bir xil mahsulot chiqarayotganday bo`lib qolamiz. Va jurnalistlar o`zini ichki senzurini kuchaytirishda davom etaveradi. 

Men shu daxlsizlik masalasini ko`tarib chiqish taklifini aytib o`taman. Bu – so`z va matbuot erkinligini ta`minlaydi."

Iroda Farhodova

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар