Huquqshunos, bloger Hushnudbek Xudoyberdiev Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta`minlash masalalari qo`mitasining ilk yig`ilishida ekspertlar guruhi a`zosi sifatida o`z fikrlarini bildirdi.
"Bugun o`zi tom ma`noda ochiqlik kuni ekan, ayni vaqtda moliya vazirligida ham ochiq byudjet bo`yicha tadbir bo`lyapti. Bundan albatta xursandmiz. Qisqagina aytadigan bo`lsam 2 ta taklifim bor.
Birinchisi, jamoatchilik kengashlarida, ekspertlar guruhlarida a`zoman. Ularni hammasi ham ishlaydi deb aytolmayman. Ya`ni juda ko`pchiligi modaga kirib qoldi. Ya`ni hukumat qaroriga asosan jamoatchilik kengashini tuzgan. Meni o`zimni 20 tasiga qo`shib qo`yishgan. Har safar aytadigan istagim shuki, bu yangi tuzilgan qo`mitaning ekspertlar kengashi ham nomiga, qaysidir hisobotga qo`shib qo`yadigan bo`lmasa, bo`lgani.
Ikkinchisi, yana faoliyatimiz bilan bevosita bog`liq jarayon, men xohlardimki bu qo`mita ham, jamoatchilik kengashi ham, ruscha aytganda "tikuchka" bo`ladiku, ya`ni qaysidir duch kelgan kichik-kichik muammolarni echishga qaratilgan qo`mita bo`lib qolmasligi kerak. Ya`ni falonchi uyoqqa kira olmapti, fistonchida bunaqa muammo, mayda narsalar bilan aralashib yuradigan qo`mita bo`lib qolmasligi kerak. Bu qo`mita tizimli yangiliklar qila oladigan qo`mita bo`lishi kerak. Chunki boshqa qo`mitalar ham jamoatchilik tashkilotlari ham mayda, qaysidir O`zbekistonni bir chekkasida bo`layotgan muammolar bilan o`ralashib yuradida, umumiy holat, tizim qolib ketyapti.
Men xohlardimki, asosiy bitta qaror qabul qilish kerak va bu hammaga bo`lish kerak. Aliga, Valiga, unga, bungamas. Shunda to`g`ri bo`ladi. Asosiy urg`uni tizimli muammolarni echishga qaratganimiz ma`qul."
Iroda Farhodova