Jurnalist vazirlikka so`rov yuborganiga 1,5 yil bo`ldi, lekin hali javob kelgani yo`q

06.07.2021 14:52

O`zbekiston jurnalistikasi oldidagi bugungi muammolar mavzusi “O`zbekiston” telekanalining “Munozara maydoni” tok-shousida ham muhokama qilindi. Unda ishtirok etgan jurnalistlar sohaning ayni paytdagi rivojiga to`siq bo`layotgan omillar borasida fikrlarini bildirishdi, takliflar kiritishdi.

Jurnalist Sharofiddin Husniddinov davlat tashkilotlari va OAV o`rtasidagi eng katta muammo haqida fikr bildirdi: “Tashkilotlarga xat yuboramiz, xatimizga o`z vaqtida javob olmaymiz. O`zbekiston turizm va sport vazirligi axborot xizmatiga “O`zbekistonning xorijdagi turizm elchilari qanday faoliyat bilan shug`ullanayapti, degan savolimga 1,5 yildan beri javob ololmayman”, dedi jurnalist.

Turizm va sport vazirligi bu yuzasidan munosabatini bildiradi, degan fikrdamiz. Biz ikkinchi tomon uchun ham ochiqmiz.

Eslatib o`tamiz, saytimizda ayni paytda 6 ta tizimga rahbarlik qilayotgan O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari — Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov boshqaruvidagi tarmoqlar boshqa tizimlarga nisbatan alohida rivojlangani yoki favqulodda yutuqlarga erishib ketmagani borasida maqola e`lon qilingan edi. Unda bir rahbar boshqaruvidagi tizimlar rivoji so`roq ostiga olingan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар