Davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentiga savol bor

06.07.2021 10:43

1 avgustgacha ish qog`ozlari lotin yozuvidagi o`zbek alifbosiga o`tkaziladi...Bu tashabbus Vazirlar Mahkamasining Ma`naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri Abdug`affor aka Qirg`izboevdan chiqqaniga shubha yo`q. Domla sekin-sekin amaliy ishga o`taylik, deb harakatda-da. Bu yaxshi, albatta. Lekin masalaning kishini o`ylantiradigan boshqa tomoniyam borda.

Shu bir oy ichida “ura-ura” qilib hamma idora va tashkilotlardagi yozuvlar o`zgartirildi deylik. Hisobini bilmadimku, bungayam ozmuncha pul ketmasligi aniq. Ammo joriy yil 1 noyabrda lotin alifbosiga o`zgartirish kiritish bo`yicha davom etayotgan muhokama ham yakunlanadi va katta ehtimol bilan G‘, O‘, Sh, Ch harflari o`zgaradi.

Xo`sh, undan keyin nima bo`ladi? Shuncha pul sarflab, banner yoki boshqa yozuvlar, ish qog`ozlarini chiqargan vazirlik va idoralar yana pul sarflab ularni almashtirib chiqadimi? Nima, byudjetimizda pul shunchalik oshib-toshib ketyaptimi? Nega 1 noyabrdan keyin alfavitda o`zgarish bo`lishi e`tiborga olinmay, shoshqaloqlik qilinyapti? 

1 dekabrdan yoki kelgusi yilning 1 yanvaridan joriy etsa bo`lmasmidi bu yangilikni? O`shanda birato`la o`zgargan harflardan foydanilardi, ikki marta pul sarflashga ham hojat qolmasdi.

Domla, shu tarafiniyam hisobga olganmisizlar?
 

Manba: @platformauzb

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
08.07.2021 18:16
xalqni pulidan qurqishganida biz allaqachon rivojlanib ketardik afsus
06.07.2021 20:18
Илтимос сизлардан тепада утирганлар Халкни пулини йук килишни уйламей Халкни бой килишни хам уйленглар Аллохдан куркинглар Давлатни пулини исроф килишдан тийилинглар охиратда жавоб беришни хам эсларингдан чикарменглар....
06.07.2021 19:48
Тугри, пандемия вактида хар бир тийинни уйлаб сарфлаш керак.