Poytaxtimizda daraxtlar nafaqat kesiladi, balki ekiladi ham

02.07.2021 14:55

“Prezident topshirig`iga muvofiq, 2021-2022 yillarda poytaxtimizning 524 ta mahallasida yashil hududlarni sug`orish uchun 1500 ta quduqni burg`ulash, 130 km. piyodalar va 117 km. velosiped yo`laklarini qurish, 12 ta bog`, 25 ta yashil hudud va saylgohlarni tashkil qilishga qaratilgan maqsadli dasturlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.

Toshkent shahrida umumiy 140 ga maydonga ega bo`lgan attraksionlarsiz bog`larni va har bir tumanda kichik yashil bog`larni tashkil qilish rejalashtirilgan

Loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida aholi fikri va takliflari inobatga olinadi."

Ushbu ma`lumotlar O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalar tashabbusi bilan o`tkazilgan “Toshkentni ko`kalamzorlashtirish va obodonlashtirish – dolzarb vazifa” mavzusidagi Ochiq muloqotda aytildi.

Ochiq muloqot Toshkent shahar hokimligi, O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, Madaniyat vazirligi, O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi, Transport vazirligi, Toshkent shahar obodonlashtirish boshqarmasi hamkorligida o`tkazildi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар