Alisher Sa`dullaev 2017 yildan buyon hukumat tepasida. U hukumat vakillari orasida yurib yolg`on gapirishga odatlanib ulgurdimi?
Rost24.uz sayti yangi loyihasida hukumat vakillari va rahbarlari gaplarini rost va yolg`onligini tekshirib borishni yo`lga qo`ydi.
Bugun, Rost24.uz detektori nishonida Alisher Sa`dullaev.
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa`dullaev Botanika bog`ida o`tgan Yoshlar forumi doirasida jurnalistlarga bergan intervyusida festival qatnashchisi bo`lgan yoshlar koronavirusga qarshi emlanganini ma`lum qilgan.
Biroq, mutaxassislar ma`lumotiga ko`ra faqatgina 18 yoshdan yuqori bo`lgan yoshlarnigina koronavirusga qarshi emlash mumkin. Yoshlar festivali ishtirokchilarining aksariyati esa maktab yoshidagi 18 ga to`lmagan bitiruvchilarni tashkil etadi. Shu bilan birga koronavirusga qarshi emlangan vaksina turiga ko`ra 2-3 doza olinadi. Har bir doza orasi 20 kundan iborat bo`lishi kerak. Koronavirusga qarshi to`liq emlangandan so`ng 20 kun o`tib emlangan kishida to`liq immunitet hosil bo`ladi.
Shunday ekan Alisher Sa`dullaevning botanika bog`ida o`tgan yoshlar forumida yoshlarning emlanganligi haqidagi ma`lumoti qanchalar rost va asosli?