Ichki ishlar boshqarmasi vakillari orasida himoya orderi bilan ordenni farqiga bormaydigan xodimlar ishlab kelmoqdami?
“Piskentdagi jamiki ayollarimiz ya`ni, Piskent tumani yosh maktab o`quvchi qizlaridan tortib yoshi katta keksa onaxonlarimizga ham himoya ordeni berilishi yo`lga qo`yilgan” – deydi Piskent tumani ichki ishlar bo`limi, xotin-qizlar masalasi bo`yicha inspektori Rayxon Yakubova.
Rayxon Yakubovaning ommaviy axborot vositasiga bergan intervyusida uni himoya oderi va “orden” so`zlarini farqlay olmasligi ochiq ko`ringan. U Piskent tumanidagi 27 ta mahalladagi umumiy himoyaga muhtoj bo`lgan 52 nafar ayolga himoya orderi berilganini faxr bilan “himoya ordeni berildi” deya gapirmoqda.
Intervyu so`ngida Rayxon Yakubova himoya orderi berishda 22 nafar ayol bilan cheklanib qolmasdan Piskent tumanida jamiki keksa ayollardan tortib maktab o`quvchi qizlarigacha orden berilishi yo`lga qo`yilganini aytmoqda. Inspektor Rayxon Yakubova Piskent tumanida himoya orderiga muhtoj ayollarning qamrovi kengayishini ijobiy hodisadek e`tirof etmoqda. Shuningdek, xodim talaffuzda ham “order” so`zini “orden” deya bir necha bor takrorlagan.
Ichki ishlar tizimi o`z xodimlarini professionalligini oshirish, yuridik terminlar ma`nosini o`rgatish islohotlariga muhtoj ekani ko`rinadi.