Xorijiy investor murojaati: "Bizni aldashdi, sud-huquq tizimi esa jiddiy e`tibor qaratmayapti"

29.06.2021 21:43

Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi Qi Zi Tian 2000 yildan buyon O`zbekistonda investor sifatida tadbirkorlik qilib keladi.

Qi Zi Tian 2014 yil O`zbekiston fuqarosi, tadbirkor Li Igor Fyodorovich taklifiga binoan farmasevtika sohasida 24 turdagi dori vositalarini ishlab chiqarish maqsad qilgan edi. Bu ishga xitoylik hamkori He Fu Junni ham jalb etgan. U bilan birgalikda “Global Bridge” korxonasi tashkil etib boshlang`ich bosqichda ustav kapitaliga 63 000 AQSh dollarini kiritgan.

"Li Igorning tashabbusiga binoan ishlab chiqarish zavodini qurish uchun er maydoniga 120 000 AQSh dollari berdik. Bundan tashqari qurilish mollari ishlab chiqarish uchun 64 000 AQSh dollari miqdoridagi investisiyani ham kiritdik. Keyinchalik o`zini hamkor deb hisoblagan Li Igorning asosiy maqsadi biz bilan hamkorlikda farmasevtika zavodini qurish emas, balki biz tomondan kiritilgan jami 247 000 dollar miqdoridagi mol-mulk hujjatlarini soxtalashtirish yo`li bilan qo`lga kiritish bo`lgan ekan", – dedi xitoylik tadbirkor Qi Zi Tian.

O`zbekistonlik tadbirkor "bankka qo`yiladigan sarmoyaning manbai so`raladi" deya undan bank uchun maxsus ariza yozdirib olgan.

Ushbu arizaning tarjimasi quyidagicha:

AIKB “Ipak yo`li” banki
Mirzo Ulug`bek filiali rahbariga


Ariza
 

He Fu Jun Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi, (pasport seriya raqami: E10770127.) 2014 yil 10 oktyabr kuni sizning bankingizga naqd pul shaklida 95 036 000 so`mni “Global Bridge” MChJ korxonasi ro`yxatdan o`tish kapitali sifatida qo`ydim. Ushbu mablag` qarzga olingan.

Li I.F Toshkent Nukus ko`chasi 86/1 41 xonadon.

He Fu Jun
08.10.2014

O`zbekiston fuqarosi esa Xitoy alifbosida yozilgan tayyor arizaning tagiga qo`shimcha ravishda kiril alifbosida o`zining ismini va manzilini kiritib qo`ygan.

Xuddi shunday He Fu Jun hamkori Qi Zi Tian nomidan yozilgan (95 million so`m kiritilgan) arizaning tagiga O`zbekiston fuqarosi xotini Xegay Svetlana ismi-sharifini va manzilini qo`shimcha ravishda kiritib qo`ygan.

Yana bir fakt shuki, 2014 yil 10 oktyabr kuni bankka topshirilgan 47 432 000 so`m He Fu Jun nomidan kirim qilingan.

"Aslida bu mablag`lar bilan chegaralanmasdan zavodni qurish va ishga tushirish uchun 5 million AQSh dollari miqdorida investisiya kiritish maqsadimiz bor edi", – dedi xitoylik tadbirkor Qi Zi Tian.

AMMO

Xorijiy tadbirkorlar Li Igorning bunday maqsadi ma`lum bo`lgandan so`ng huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishgan. Ammo shu vaqtgacha hech qanday natijaga erisha olmagan.

2017 yil may oyida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti O`zbekistonning Pekindagi elchixonasida Xitoy tadbirkorlari bilan uchrashuv o`tkazgan edi. Tadbirda “Global Bridge” korporasiya vakili ham ishtirok etib ba`zi hollarda O`zbekistonda Xitoy tadbirkorlarining huquqlari cheklanayotganini ma`lum qilgan. Shundan so`ng mazkur muammo O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan nazoratga olinib, tergov organi tomonidan Li Igorga Xitoy tadbirkorlarining mol-mulki soxta hujjat orqali o`zlashtirganligi bo`yicha da`vo sudga oshirildi. Lekin, afsuski sud Li Igorni oqlash haqida qaror qabul qilgan.

– Sud qaroriga ko`ra, bizni pul mablag`larimiz mavjud emas emish. Biz tomondan kiritilgan investisiyani go`yoki biz Li Igordan qarz olish evaziga kiritganmiz. Vaholanki biz bu loyihadan tashqari «Sheng Tang Industrial» MChJ korxonasiga 1 148 000 AQSh dollari miqdorida investisiya kiritganmiz va bundan tashqari “Feiyuangear pumping equipment” korxonasiga 75 200 AQSh dollari miqdorida sarmoya tikdik, – dedi Qi Zi Tian. – Lekin O`zbekiston sudi bularni e`tiborga olmadi. Hukm ustidan kiritilgan shikoyatni ko`rayotgan Toshkent shahar sudi bu holatga oydinlik kiritish uchun bizni so`roq qilishlarini so`raganimizda ham rad javobini berdi. Hattoki jinoiy ishda jabrlanuvchi deb topilgan hamkorim He Fu Junni jabrlanuvchi sifatida so`roq qilishni lozim topmadi. Bunday cheklov haqiqat yuzaga chiqishida bizda ishonchsizlik paydo qildi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
30.06.2021 14:35
Яхши иш булмабди,миллионлаб сармоя киритмокчи булган сармоядорни чув туширибди Игорь Ли.Ишончни йукотаяпмиз.