Sport janglarini uyushtiradigan Promoushn kompaniyalarining o`zlari endi O`zbekistonda

26.06.2021 18:08

90-yillar boshida Amerikada voyaga etgan yigitlarni harbiy xizmatga saralashda bir muammoga duch kelishgan. Yigitlarda yumshoq-muloyimlik, noz-karashma kabi qizlarga xos odatlar tobora ko`payib boravergan. Harbiylar bu holatdan yuqorini ogohlantirishgach ideologlar darhol chora izlashga tushgan.

Bu muammoga samarali chora sifatida Amerikada mudofaa vazirligi tashabbusi va homiyligida jangari filmlar ishlab chiqarish yo`lga qo`yilgan. Natijada qiziqib tomosha qilinadigan Arnold Shvarsnegr, Silvestr Stallone ijrosidagi filmlar paydo bo`ldi.

Aytmoqchi bo`lganim, bizning jamiyat bunday targ`ibotlarga hozircha muhtoj emas. Ammo kerak emas ham deb aytib bo`lmaydi. Chunki yaqindagina bo`y ko`rsatgan LGBT tarafdorlari ideologlarimizni biroz hushyor torttirib qo`ydi.

Bizning qonimizda azaldan mardlik va jasurlik xislatlari bor. Ota-bobolarimizning tarixdagi jasoratlari bunga yaqqol misol bo`la oladi.

Ayni damda ham o`zbek o`g`lonlari yakkakurashlarda o`z o`rniga ega. Bu so`zimga misollar keltirishmiz shart emas. Jamoaviy o`yinlarda oxirgi o`rinlarda ekanligimizni ham inkor etmagan holda yakka bahslarda dunyoning manaman degan sportchilari O`zbekiston sportchilari bilan hisoblashishga majbur ekanligini e`tirof eta olamiz.

Ringlarda munosib jang qila oladigan iqtidorli o`g`lonlarimiz ko`p. Qaytmaslik, shijoat, g`ujur kabi yigitga xos xislatlarga ega o`g`lonlar bisyor. Faqat ularni ringga yo`naltira olishimiz zarur edi.

Bilagi kuchga to`la navqiron yigitlarimiz ring markaziga etib borgunlaricha ko`p qiyinchilik va to`siqlarga duch kelishayotgani ham sir emas. Ular iqtidorlarini namoyish etish uchun xorijdagi promoushn kompaniyalar oldiga borishga majbur edi. ular esa arzimagan pul evaziga shartnomalar imzolatishgan. Yigitlarimiz orasida bir so`m ham ololmasdan aldanib qolganlari ham yo`q emas.

Endi esa bu muammo bartaraf etildi. Dunyoga mashhur promoushn kompaniyalarining o`zlari O`zbekistonga kelishmoqda. Ular aynan bizning yurtimizda qaytmas sportchilarni saralash uchun promoutrlik kompaniyalar ochishni boshladi.

Berkeley Square Project Management va Urban Hayot 7SABER kompaniyasi hamkorlikda O`zbekistonda MMA-promoushn ochmoqda. Taqdimot marosimida esa O`zbekistonda U-1 Championship hamda 7 Fighting Series jamoa turnirlarini ham o`tkazilishi aytib o`tildi.

U-1 Championship oliy va birinchi ligadan iborat bo`lib, uning asosiy maqsadi o`nlab turnirlar tashkil qilish orqali eng yaxshi mahalliy jangchilarni aniqlash va ular uchun jahonning etakchi promoushenlariga yo`l ochib berish hisoblanadi. 7 Fighting Series turniri esa MMA bo`yicha eng kuchli klublarni saralab beradi. 7 Fighting Series tarkibiga yaqin vaqtda 20 ta jamoa kirishi kutilmoqda.

“Bular 7SABER kompaniyasining dastlabki ommaviy tashabbuslaridir. Biz yakkakurashlar bilan cheklanib qolmaymiz, yoshlar orasida bu sport turi ommaviyligini ko`rib, ishni shundan boshladik. Shu qatorda brendimiz ko`plab boshqa sport turlarini ham qamrab olishi nazarda tutilmoqda”, – dedi Berkeley Square Project Management korporasiyasi rahbari Ross Konnon.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар