Yangi O`zbekiston universitetining yangiligi nimada? Unda kimlar o`qishi mumkin?

24.06.2021 21:05

Kuni kecha prezident Yangi O`zbekiston universitetini tashkil etishga oid qarorni imzolagan edi. Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Abduqodir Toshqulovdan ushbu universitetning boshqalaridan farqli tomonlari haqida so`radik.

«Bu universitet Oliy ta`lim vazirligiga qaramaydi, agentlikka qaraydi. Bu mutlaqo farq qiladi. Kambrij dasturi asosida tanlab olinishi bilan farq qiladi. Rektori Germaniyadan, o`qituvchilarning 50 foizidan ko`pi esa chet eldan. Bunga asosan kimlar o`qiydi degan savol bo`ladi. Asosan, Kambrij universitetining konkursidan o`tganlar. Menimcha, eng ko`p konkursdan o`tadiganlar Prezident maktabi bitiruvchilari bo`ladi. Ular juda mukammal, ular juda katta natijalarga erishdi. Hozir ularning aksariyat qismi xorijiy oliy ta`lim muassasasiga kirib turibdi», – dedi A.Toshqulov.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
26.06.2021 15:01
Менимча, энг кўп конкурсдан ўтадиганлар Президент мактаби битирувчилари бўлади. Улар жуда мукаммал, улар жуда катта натижаларга эришди. seningcha, mamlakatdagi hamma maktablarda ta'limni mukammal qilish mumkin emasmidi????
25.06.2021 13:45
Бировни таҳоратга намоз ўқишми? Унда ўқиб чиққанлар бирон нарсани амалга оширишига ишонасизларми? Дунёқараш ва раҳбарлик тизимида ўзгариш қилмас эканмиз Американи ўзини кўчириб келсангиз ҳам ўн кунда маҳаллийлаштирамиз. Шунинг учун бу олийгоҳ очилиши тараққиёт белгиси бўла олмайди, шунчаки европақараш таълим муассасаси, Шунда ҳам назорат қилиб борилса. Акс ҳолда рангли революцияга тамал тоши.