Akmal Saidov O`zbekiston qonunlarini buzib kelmoqda...mi?

24.06.2021 12:48

Akmal Saidov Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o`rinbosari.

63 yoshni qoralagan A.Saidov 20 yildan ortiq vaqt davomida Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Ma`lumki, Milliy markaz to`g`risidagi nizomga ko`ra, markaz direktori maqomi Prezident qarori bilan vazir darajasiga tenglashtirilgan. Demak bir shaxs bir vaqtning o`zida ikki vazifada – vazir, Oliy Majlis deputati lavozimida turibdi. Ya`ni, ayni paytning o`zida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, vazir darajasiga tenglashtirilgan.

Bir vaqtning o`zida inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori bo`lgan Akmal Saidovning bu darajasi ham o`ziga yarasha imtiyoz va maqomlarga ega.

Markazni O`zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor boshqaradi.

Markaz direktori maqomi, tibbiy va transport ta`minoti sharoitlari bo`yicha vazirga tenglashtirilgan.

Shuningdek, maxsus imtiyozlar ham berilgan bo`lib, tibbiy xizmat ko`rsatish O`zbekiston Respublikasi prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Bosh tibbiy boshqarmasining muassasalarida amalga oshiriladi.

Va yana bir katta daraja – Markaz direktoriga O`zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan O`zbekiston Respublikasi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi maxsus unvoni, martaba darajasi ham beriladi.

Ma`lumki, “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a`zosining maqomi to`g`risida"gi Qonuniga ko`ra, Qonunchilik palatasi deputatlari o`z vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to`lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug`ullanishlari mumkin emas. Ammo, deputat Akmal Saidov maosh olmasada, haq to`lanadigan, vazir bilan tenglashtirilgan, turli imtiyozlari bor lavozimda ishlab kelmoqda.

Qonunchilikda maosh olmasdan, istagan lavozimda ishlagan holda parlamentdagi deputatlikni davom ettirish mumkinligi qayd etilmagan.

Eslatib o`tamiz, Akmal Saidov avvalgi deputatlik davrida ham Milliy markaz direktori hamda “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali bosh muharriri va inson huquqlari markazi raisi sifatida 3 ta lavozimda faoliyat yuritib kelgan.

Qonun ijodkorlari bo`lgan deputatlar bu masalani qanday izohlaydi? Deputatning qonunni buzmaganiga qanday asos ko`rsatiladi. Istagan deputat oylik olmasdan vazir bo`lib ishlashi mumkinmi? O`zbekistonda malakali kadrlar shu qadar tanqismi? Bir nechta o`ta mas`uliyatli faoliyat turida pensiya yoshidagi fuqaroni saqlab qolishga ehtiyoj kattami? Yurtimizda malakali kadrlar shu qadar tanqis ekan, demak bu ta`lim islohotlari natija bermayotganiga ishoradek ko`rinmayaptimi?

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
23
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
26.06.2021 19:27
pensya yoshida shuncha tashvish shogirdlarga Urgatib yotmaysizmi sitini sunngi qavatida Kuk choyni ichib exx attang
26.06.2021 06:36
Rahmatli Safar ostonov degan deputat ham oxirigacha qonunlarni buzib kelgandi...
26.06.2021 01:06
izoh qoldirish uchun royxatdan otish shart emasmi?
25.06.2021 02:25
Umrini ohirigacha qolsin. Indamanglar. Baribir tayinli "javob" olmaysizlar. Inson qadri "baland" yerda bular ham kerak. 👎👎👎
25.06.2021 01:22
Буларга қонун бир пул хуллас нима қилса қилиб ётишибди
25.06.2021 00:40
Maqom tenglashtirilgan degani vazir degani emas.
24.06.2021 23:12
Демак бу инсон бир канча лавозимни бошкарганига караганда бунака бошка мияли бошкарадиган неча миллионлик Узбекистонимизда йукЯьни халк орасида билимлизиели инсонлар йук еки четга кетиб буганУят Шармандачилик бу деб хисоблайман Шунинг учун хам натижаси халкнинш турмуш даражаси паст
24.06.2021 21:45
Бу одам узи учун алохида конун чикартириб олган булса керак аникроги биздаги конунлар айрим шахслар учун мослаб чикарилган шу одам хаммуаллифлигида
24.06.2021 21:37
Жиддий масалани ёритибсизлар. Қонун олдида барча баробарлигини таъминлаш ниҳоятда зарур.
24.06.2021 20:33
Zòr maqola bòlibdi. Shunday maqolalar kòpriq bòlsin.