Koronavirus ko`paymoqda — odamlar aybdormi yoki hukumat?

24.06.2021 08:27

Ko`pincha niqob taqmagani, masofa saqlanmagani, tartib qoidalarga amal qilmagani uchun aholi orasida virusdan kasallanish ko`payib borayotgani ro`kach qilinadi. Mutasaddilar tomonidan ham koronaning ko`payishiga aynan shu omillar asos qilib ko`rsatiladi. Lekin hukumat tomonidan o`tkazilayotgan forumlar, turli festivallar ham koronavirusni ko`paytirishga sabab bo`lishi mumkin ekani haqida deyarli fikr almashilmaydi.

Aslida festivallar o`tkazilayotgan bir vaqtda odamlardan niqob va masofa saqlashni talab qilish mantiqsizlik emasmi? Qat`iy karantin qoidalari yana qaytishi mumkinmi? Tadbirlar oldidan 72 soatli PZR usulidagi test borligini odamlar biladimi? 

Ushbu savollar asosida Rost24.uz muxbiri soxa mutassaddilariga yuzlandi.



— Davlat tadbirlariga qatnashishdan 72 soat oldin PZR usulidagi test topshirish jarayoni mavjud. Bu xafvsizlik uchun, – deya aytib o`tdi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva. – Bu jarayonga qanchalik darajada amal qilinyapti yoki yo`q, bu o`zingizga ayon bo`lib turgan holat. Bundan buyon bo`ladigan tadbirlar oldidan bu jarayon to`liq amalga oshiriladi. 

Umid qilamiz va kuzatamiz! Aks holda yana qat`iy karantin holati qaytishi hech gap emas...

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар