Rost24.uz tekshiruv boshladi: sudyalar qaysi maoshlariga qasrlarda yashamoqda?

23.06.2021 19:05

Korrupsiyaga qarshi qachon samarali kurash bo`ladi? Qachonki sirli deb ataladigan, aslida jamoatchilikka ochiq bo`lishi kerak bo`lgan ma`lumotlar oshkora holatda OAVda yoritilsa, jamoatchilik barcha tafsilotlardan xabardor bo`lsa. Ayniqsa, davlat tizimida ishlayotgan, byudjetdan oylik olayotganlar, xalqqa xizmat qilishi kerak bo`lgan qatlamning faoliyati, yashash tarzi jamoatchilik nazoratida bo`lishi va shaffof tarzda barchaga ayon bo`lishi lozim.

O`zbekistonda sudyalar qancha maosh oladi? Sudyalar olayotgan maoshiga ular yashayotgan uy-joyi va minayotgan avtomobillari to`g`ri keladimi? Umuman sudyalarning yashash sharoiti qanday?

Ma`lumki, ko`pincha xalq orasida sudyalar haqida olayotgan maoshiga shunday qasrlarda yashash mumkinmi kabi haqli savollar aylanib yuradi.

Sudyalar oliy kengashining jurnalist va blogerlar uchun o`tkazgan maxsus matbuot anjumanida rost24.uz muxbiri aynan shu savollar bilan mutasaddilarga yuzlandi hamda sayt xodimlari sudyalarning yashash manzillariga borib, yashayotgan joylari va xarajatlari qanchalik maoshlariga mutanosibligini o`rganayotganini ma`lum qildi.

Mas`ul idora vakillari esa jurnalistlarni yaxshi gumonda bo`lishga chaqirdi.

“Onore da Balzakning “Barcha katta boyliklar ortida katta jinoyat yotadi”, degan fikriga biz ko`p ham qo`shilmaymiz. Yaxshi gumonda bo`laylik. Aybsizlik prezupmsiyasi bor bu erda. Alohida shaxslar aytilsa, inspeksiya shug`ullanadi, albatta. Olayotgan maoshiga yashayotgan uylari to`g`ri kelmayapti. “Sen o`g`rilik qilgansan, sen korrupsiyaga yo`l qo`ygansan”, deyishga haqqimiz yo`q”, deydi Sudyalar oliy kengashi raisining o`rinbosari Alisher Jalilov.

Sudyalarning maoshi bo`yicha mas`ullar aniq va to`liq javob berishdan qochishdi. Biroq, davlat byudjetidan maosh oluvchi xodimning maoshi jamoatchilikdan sir saqlanishi qaysi mezonlarga to`g`ri keladi? Qolaversa, matbuot anjumanida aytilishicha, sudyalarning maoshi Prezident farmoniga ko`ra oshirilgan.

“Ayrim holatlarda xizmat siri yoki davlat siri bo`lgani sababli maoshlar oshkor qilinmaydi. Sudyaning yashab turgan hududi, ish hajmi hisobga olinib, 18-21 razryadlarda oylik ish haqi belgilanadi.

Misol tariqasida aytish mumkin, 18 razryadda ishlaydigan sudyalar oylik ish haqqi 16 milliondan boshlanadi. Har bir sudya ko`radigan ishining hajmiga qarab 17-18 million va undan ortiq maosh olishi mumkin. Oylik maoshlari oshirilgan, ijtimoiy jihatdan himoya qilinish darajamiz ko`tarilyapti”, deya javob qildi Alisher Jalilov.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
22
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
05.01.2022 07:51
Умница, молодец!
27.06.2021 13:10
Судялар дахлсиз кимсалар деб карор чикаринглар....
25.06.2021 19:38
Omad !