Savdo-sanoat palatasi ko`magida 550 million dollarlik mahsulot eksport qilinishiga erishilgan

23.06.2021 18:59

Bugun O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan “Zamonaviy tadbirkor - Yangi O`zbekistonning tayanchi” mavzusida Ochiq muloqot o`tkazildi.

Unda O`zbekiston Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlarga ko`maklashish borasida qilayotgan ishlari aytildi.

Tadbirkorlikka ko`maklashish markazlari tomonidan tadbirkorlarga 600 mingdan ortiq biznes-xizmatlar ko`rsatilgani, ularning 95 foizi bepul xizmatlar hisoblanishi alohida ta`kidlandi.

Palata tomonidan tashkil etilgan 14 ta o`quv markazida 103 mingdan ortiq aholi tadbirkorlikka o`qitilgan.

Savdo-sanoat palatasi xorijiy mamlakatlar Palatalari bilan 18 ta memorandum va tashkilotlar bilan 71 ta hamkorlik bitimlari tuzishga erishibdi.

Ushbu kelishuvlar asosida 250 ta biznes-forum, ko`rgazma va yarmarkalar tashkil qilingan. Shundan, 116 tasi aynan xorijiy mamlakatlarda tashkillashtirildi. Natijada, 600 dan ortiq tadbirkorlik sub`ektlarining 550 million AQSh dollari miqdoridagi mahsulotlarini eksport qilinishiga erishildi. Erishilgan kelishuvlar natijasida bugungi kunda mamlakatimizda 12,5 mingga yaqin xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar faoliyat ko`rsatmoqda. Ularning 600 tasi Palata ko`magida tashkil etilib, 847 mln. dollar chet el investisiyalari jalb etilgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар