Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida sudlarga 400 mingga yaqin da`vo arizalar kiritildi (2013-2016 yillarda bu ko`rsatkich atigi 38 mingta bo`lgan).
Alohida qayd etish lozimki, Palata ishtirokida tadbirkorlar o`rtasidagi 6 mingta nizoli holat o`zaro kelishuv yo`li bilan hal etilishiga erishildi.
Tadbirkorlar ishtirokida xalqaro darajada yuzaga keladigan nizolarni ko`rib chiqish uchun Palata huzurida “Toshkent xalqaro arbitraj markazi” tashkil etilgan bo`lib, ushbu markazga 50 dan ortiq etakchi xalqaro ekspertlardan iborat arbitrlar jalb qilindi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida qiymati 3,8 mln. dollarga teng bo`lgan 22 ta xalqaro tijorat nizolari ko`rib chiqildi.
Shu bilan birga, turli vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan 3,3 mingdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga ta`sirini baholash yuzasidan vakolatli organ sifatida Jamoatchilik ekspertizasi o`tkazildi.
Ushbu samaralarning barchasi Prezident tashabbusi bilan 4 yil avval e`lon qilingan tadbirkorlik sub`ektlarini tekshirishga oid moratoriy natijasida bo`ldi. Natijada so`ngi 4 yil mobaynida 311 mingdan ortiq yangi kichik biznes sub`ektlari tashkil etilib, tadbirkorlar soni 2.1 barobarga yohud 460 mingtaga etdi.
Ushbu raqamlar bugun O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi o`tkazgan “Zamonaviy tadbirkor - Yangi O`zbekistonning tayanchi” mavzusidagi Ochiq muloqotda O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan aytildi.