Kun.uz nashri 21 iyun sanasi soat 21:00 dan keyin saytga xabar joylashtirishni to`xtatgan.
Nashrning bu zaylda material joylashtirishni to`xtatishi turli bosimlardan keyingi o`ziga xos norozilikning bir ko`rinishidir. kun.uz jurnalistlari saytning kelajak taqdiri borasida rahbariyat qanday xulosaga kelishidan bexabar ekanliklarini bildirishmoqda. Birgina ommaviy axborot vositasiga bo`lgan bosim barcha nashrlarga bevosita aloqadordir.
Shu sababli, Rost24.uz axborot sayti O`zbekiston media maydonidagi barcha ommaviy axborot vositalarini kun.uz nashrining himoyasiga nisbatan sukut saqlamaslikka chaqiradi.
Kun.uz nashri O`zbekistondagi etakchi yirik saytlardan hisoblanadi. Hozirgacha nashr telegram tarmog`ida 1 million, instagramda esa 3,5 milliondan ortiq kuzatuvchilarga ega. Mazkur sayt O`zbekiston ommaviy axborot vositalari orasida davlatdan mustaqil bo`lgan va shu bilan birga eng ommalashgan gigant media hisoblanadi.