O`zbekistonda nogironligi bor shaxslar uchun ish bozori mavjudmi?

22.06.2021 11:41

Bugungi kunda oliy o`quv yurtini tamomlagan nogironligi bor shaxslar ish topishda qanday to`siqlarga duch kelishadi?

Rost24.uz muxbiri nogironligi bor shaxslarni ishga joylashda amaliy ko`mak beruvchi yangi loyiha bilan tanishdi.

O`zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy ma`lumotlariga ko`ra 162,2 ming nafar davlat ro`yxatiga olingan nogironligi bor shaxslar mehnat faoliyatining muayyan turlarini bajarish uchun layoqatga ega. Ammo, Davlat soliq qo`mitasining jismoniy shaxslar daromad soliqlari bo`yicha olingan ma`lumotlarga ko`ra nogironligi bo`lgan 162,2 ming fuqaroning STIR (INN) bilan solishtirilganda, ulardan atigi 21,1 ming nafarining (13%) ish bilan band ekanligi aytilgan.

Nogironligi bo`lgan bolalar va yoshlar respublika markazi rahbari Ra`no Shodievaning aytishicha, O`zbekistonda nogironligi bo`lgan fuqarolarning atigi 2 foizi ish bilan ta`minlanganligi ko`rsatilgan. Eng yomoni nogironligi bor ayollarning ahvoli erkaklarnikiga qaraganda ancha yomonroq: ayollarning atigi 4,4 foizi va erkaklarning 8,9 foizi ish bilan ta`minlangan.

Ko`rinib turibdiki, yurtimizdagi tashkilotlar nogironligi bor shaxslarni to`liqligicha ish bilan ta`minlay olmayapti. Oliy ta`lim dargohini bitirib chiqqan nogironligi bor bitiruvchilar ham o`z ishini topish jarayonida qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Tashkilotlar 3 tagacha nogironligi bor shaxslarni ishga qabul qilishga majburligi qonun bilan belgilab qo`yilgan. Ammo natija o`zingizga ayon...

Bunday muammolarni echish uchun kichkinagina jamoat birlashmasi ulkan shahd bilan yangi loyihaga qo`l urdi. "Ish Plyus" deya nom olgan portal orqali minglab nogironligi bor shaxslar ish bilan to`liq ta`minlanishi ko`zda tutilyapti.

Mazkur loyiha BMTning O`zbekistondagi ijtimoiy himoya tizimini yaxshilash qo`shma dasturining kichik miqyosli grant ko`magi asosida amalga oshmoqda. Bu erda faoliyat yuritayotganlarning o`zlari ham nogironligi bor shaxslardir.

Joriy yil 24 iyun sanasida nogironligi bo`lgan shaxslarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta`minlash uchun maxsus rekruting veb-portali www.ishplus.uz rasman faoliyatini boshlaydi.

P/S: Bu portal natija berib, ish bilan ta`minlash darajasi tezda o`zgarsa, bu faqat va faqat foyda. Ko`ramiz va kuzatamiz...

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
16.11.2021 01:25
Сурхандарёда хам ногиронлар учун иш булса яхши буларди бунинг учун кайрга учрашса булади.
05.07.2021 17:22
Ногирон аммо ногиронлик олишда жуда куп тусиклар учраяпган йигит кизлар анча мунча корупция авж олганлигидан ногиронлик хам ололмайди иш хам тополмайди бунга кандай муносабат билдирасиз уз кузларим билан гувох булганман иложсиз инсонларша ердам кулини чузайлик биринчи навбатда