RAHBARLIKDAN RAHBARLIKKA: 4 yil ichida 4 ta amaldorlik kursisiga sakragan Rahmonbek Usmonovning yurishi:

21.06.2021 10:06

YoXUD 4 yil ichida 4 xil rahbar kursisi, tartibsiz qurilishlardan xalqdan uzr so`rashgacha...

Bugungi kunda shu jamiyatning bir a`zosi sifatida davlat amaldorlarini ishdan olish va tayinlash jarayonlarini kuzatib turgan har qanday shaxsning hayolida bir fikr turg`un bo`lib turgani tabiiy. 

Bu – hukumat tepasidagi amaldorlarning shoxdan shoxga sakrab yuruvchi qushlarni eslatishi. Bir marta rahbarlik kursisiga chiqib oldingmi ming xato qilsang ham turli darajadagi amaldorlik vazifasida aylanib ishlab yuraverasan. Salohiyat, qobiliyat, ishni olib borish ko`nikmalari ikkinchi darajada.

Bugun boshqa bir yo`nalishda rahbarlik kursini egallab turgan rahbarni ertaga ishdan olingach, umuman boshqa yo`nalishdagi tarmoq rahbarligida ko`rmoqdamiz. Hukumat tepasidagi bir hovuch amaldorlar turli tarmoqlarda o`zlarini sinab ko`rayotgandek go`yo.

Bir tarmoqdagi muammolarni o`rganib unga echim topish uchun qancha vaqt kerak? O`z sohasida tayinli ishlamay yurganni yana boshqa tizimga o`tkazib rahbarlik qilishi qanchalik mantiqqa to`g`ri keladi? Amaldor rahbarligi davomida nima ishlarni uddalay oldi, degan savol tug`ilmaydimi hech kimda?

Rost24.uz sayti 4 yil davomida 4 xil rahbarlikka sakragan Rahmonbek Usmonovning “yurish”larini ko`zdan kechirdi. 

Rahmonberdi Usmonov 2012 yildan 2018 yilgacha Toshkent shahri hokimi lavozimini egallab kelgan. Bu vaqt oralig`ida Toshkentda daraxtlarning keskin kamayishi, tartibsiz qurilishlar ro`y bergan hamda Toshkentning bosh rejasi tasdiqlanmay qolavergan. (Bosh reja hamon tasdiqlangan emas.) Usmonov hokimlik qilgan davrda shaharning o`rta va uzoq muddatli strategiyasi mavjud bo`lmagan, qurilish ishlaridagi tartibsizlik, investorlar faoliyatiga to`sqinlik qilish, shaxsiy mulkni himoya qilish bilan bog`liq og`ir vaziyat bo`lgan. Sifatli xizmatlar poytaxtning markazidagina rivojlanib kelgan. 

Bu kamchiliklarni Usmonovdan keyin poytaxt hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan Ortiqxo`jaev Toshkent Botanika bog`ida nishonlangan “Top-500” forumida aytib o`tgan edi.

Rahmonbek Usmonov 2018 yilning aprelidan oktyabr oyigacha O`zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig`ining birinchi o`rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. 7 oy ichida bir rahbarlik lavozimida samarali ish qilish mumkinmi? 2018 yilning 3 oktyabr sanasidan Rahmonbek Usmonov Toshkentning Yunusobod tumani hokimligi lavozimiga tasdiqlangan. 2019 yilda Usmonov COVID-19 oqibatlari bilan kurashishda yo`l qo`ygan katta xatolari uchun ommaviy ravishda “Oilaviy” telekanali orqali xalqdan uzr so`ragan edi.

2021 yil 14 yanvar kuni Rahmonbek Jahongirovich Usmonov O`zbekiston transport vazirining o`rinbosari lavozimiga tayinlangan. Oradan 6 oy o`tib, Rahmonbek Jahongirovich «Toshkent metropoliteni» UK boshlig`i etib tayinlandi.

Rost24.uz sayti rahbarlikdan rahbarlikka sakrayotgan amaldorlar bo`yicha materiallar taqdim etishda davom etadi.

Eslatib o`tamiz: 2019 yil 03.10 sanasida Prezidentning "O`zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi farmoni e`lon qilingan. Mazkur farmonda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga eng istiqbolli kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga ochiq mustaqil tanlov asosida qabul qilishni tashkillashtirish vazifasi yuklatilgan edi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Prezidentimiz qo`ygan shu vazifani uddalay olyaptimi? Savol hozircha ochiq qolmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
16
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
02.01.2022 21:39
Кадрлар тайёрлаш ва уларни тўғри танлаш жуда катта муаммолардан бири. Салкам 35 млн ахоли ичидан яроқли кадрларни танлай билмаслик кадрлар танлаш ва тайинлашдаги энг дахшатли сиёсий хато.
25.06.2021 15:39
Bizning rahbar lavozimida faoliyat olib borayotganlar "Qizil kitob"da kiritilgan noyob tur hisoblanishadi. Ularni asrab-avaylash lozim.
22.06.2021 20:31
Бутан обошли прокурорлар камалиб кетаётган даврда ким хам рахбар булиб ишлагиси келади. Ноилож шохдан шохга куниб юришаверадида.
22.06.2021 03:24
Раҳмонбек Жахонгирович шаҳар хокими булиб ишлаган пайтида камдан кам уйига борганини етиб колб туну- кун ишлаган вактларини биламан,жуда куп дехкон бозорларида шахсан узи нархларни назорат килиб борар эди.
21.06.2021 20:38
Bitta lik ikkita shik