Xayr Abramov, salom boshqasi

19.06.2021 16:53

Futbol bo`yicha 2022 yilgi Jahon chempionati saralash o`yinlari doirasida Saudiya Arabistonidan uchralgan 0:3 hisobidagi mag`lubiyatdan so`ng O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov istefoga chiqarildi.

Bugun O`FAning navbatdan tashqari kongressi o`tmoqda. Unda O`zbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti Abdusalom Azizov ishtirok etyapti.

Abdusalom Azizov: 

"Shu kunlarda milliy jamoamizning mag`lubiyati muxlislarni juda ham ranjitdi. Ushbu mavzu yuzasidan O`FAda bugungi yig`ilishdan keyin murabbiylar hisobot berishadi va milliy jamoa faoliyatiga baho beramiz. Albatta, bu mag`lubiyat sabablari bir kunda yuzaga kelmagan, bu chuqur o`rganiladi. Bolalar futbolidan tortib barcha futbol tizimimizni qayta ko`rib chiqishimiz lozimligini to`liq tushunib etdik va buni tan olishimiz kerak. Futbolda ishlayotgan barcha o`z ishiga bo`lgan yondashuvni o`zgartirishi kerak. Orqaga yo`l yo`q. Futbolimizni yangi bosqichga olib chiqish uchun qanday choralar ko`rishimiz kerakligini gaplashib olamiz».

Vakkilarimiz JCh-2022 saralash bosqichi, Osiyo mintaqasining ikkinchi raund D guruhida sakkiz o`yinning beshtasida g`alaba qozonishib, uch o`yinda mag`lub bo`lishdi va 15 ochko bilan o`z guruhlarida 2-o`rinni egalladi. Saralashning oxirgi uchta o`yini Saudiya Arabistonida markazlashgan holda o`tkazildi va ilk ikki uchrashuvda Vadim Karlenovich shogirdlari Singapur (5:0) hamda Yaman (1:0) terma jamoalarini taslim etgandi. Biroq mezbonlarga qarshi o`tgan so`nggi o`yinda o`z darvozamizdan uchta gol o`tkazib yubordik va yana Mundialga chiqish imkoniyatimizni yo`qotdik (bu birinchi marta emas).
Eslatib o`tamiz, Abramov 2019 yilda Ektor Kuperning o`rniga O`zbekiston termasi bosh murabbiyi etib tayinlangandi. U 2010-2012 yillar davomida ham milliy jamoamizni boshqargan va Osiyo Kubogida yarim finalgacha borishga muvaffaq bo`lgan.
Tasdiqlanmagan ma`lumotlarga ko`ra, Abramovning termadagi o`rnini “Olimpik” hamda Olimpiya terma jamoasi ustozi Timur Kapadze yoki xorijlik mutaxassis egallashi kutilmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар