Uch yil oldin aytilgan Ochilboy Ramatov va`dasining qay biri bajarildi?
2018 yil boshida O`zbekiston futbol federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo`lib o`tadi. Konferensiyada Bosh vazirning birinchi o`rinbosari – «O`zbekiston temir yo`llari» AJ boshqaruvi raisi Ochilboy Ramatov O`FA prezidenti etib saylangan va ma`ruza qilgan.
«Men davlatimiz rahbari bilan suhbatda bo`ldim va jiddiy topshiriq olganman. O`zbek futbolini yo bor qilamiz, yoki butunlay yo`q qilamiz», deb aytgan O`zbekiston futbol assosiasiyasi sobiq prezidenti.
Ochilboy Ramatov shuningdek, O`zbekiston olimpiya va milliy terma jamoasi 2020 yilgi Olimpiya o`yinlari hamda 2022 yilgi Jahon chempionatining final bosqichida qatnashishi kerakligi, «bu prezident topshirig`i», ekanligini ta`kidlagan. Ushbu topshiriqlarning ijrosi davlat rahbari tomonidan aynan Ochilboy Ramatovga yuklatilgan.
O.Ramatov futbolchilarga hamma sharoit yaratilishi, milliy terma jamoa bosh murabbiyi ishiga aralashishga hech kimning haqqi yo`qligini ma`lum qilgan.
«Federasiyada pul bo`ladi, bundan havotir olmang. Biz birovning qo`liga qarab qolganimiz yo`q. Hamma natijaga erishganlarni rag`batlantira olamiz. Mamlakat ichkarisidayam, tashqarisidayam bizga yordam beridiganlar bor» – dedi O.Ramatov.
Kecha O`zbekiston milliy jamoasi Saudiyada o`tgan saralash bosqichidan so`ng Toshkentga qaytib keldi. Milliy jamoamizning o`yiniga bahoni to`rt yil keyinga suramiz.